Kontent qismiga oʻtish

Olmaliq ammofos aksiyadorlik jamiyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Olmaliq ammofos aksiyadorlik jamiyati - Oʻzbekistondagi yirik kimyo korxonalaridan biri. "Oʻzkimyosanoat" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tarkibida. Azotli va fos-forli oʻgʻit — ammofos, shuningdek, monoammoniyfosfat, salifos, ammoniy sulfat, yogʻoch-tolali taxtalar, polietilen plyonkalar ishlab chiqaradi. 1969-yil dekabrda Olmaliq kimyo zavodining ilk navbati ishga tushirilgan va sobiq Ittifoqda 1-marta ekstraksi-on fosfat kislota hosil qilish uchun xom ashyo sifatida Qoratov (Jan.Qo-zogʻiston) fosforiti qoʻllangan. Korxona 2-navbati 1973-yilda ishga tushirilgan. 1998-yildan Qizilqum fosforit kombinatida ishlab chiqariladigan fosforit unini qayta ishlaydi.

Korxona yiliga 338,1 ming t fosforli oʻgʻitlar, 500 ming t sulfat kislotasi ishlab chiqarish kuvvatiga ega. 1992-yilning fevral oyidan korxona "Ammofos" ishlab chiqarish birlashmasi deb nomlandi. 2001-yil dek-.dan, hozirgi nomda va ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati.

Korxonada 2 ta ammofos sexi, 3 ta ekstraksiyalangan fosfor kislotasi sexi, oltingugurt kislotasi, xalq isteʼmol mollari ishlab chiqarish boʻlimlari, qator yordamchi sexlar va "Turon MS1" Oʻzbekiston — AQSH qoʻshma korxonasi bor.

Korxona mahsulotlariga ichki bozorda talab katta va respublikaning turli mintaqalaridagi barcha turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish uchun ishlatiladi. Bundan tashqari, MDH mamlakatlariga, Xitoy va Eronga eksport qilinadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil