Kontent qismiga oʻtish

Oliy maktab

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oliy maktab – xalq xoʻjaligining turli tarmoqlarida amaliy, pedagogik yoki ilmiy faoliyat koʻrsatish uchun umumiy oʻrta yoxud oʻrta maxsus maʼlumot asosida oliy malakali mutaxassislar tay-yorlaydigan oliy oʻquv yurti. YUNESKOning belgilashiga koʻra, „Oliy maktab“ tushunchasi oʻz ichiga universitetlar, oʻquv institutlari, akademiyalar, oliy bilim yurtlarini kamrab olganidek, litsey va kollejlar taʼlimini ham oladi. Bunda Oliy maktabning oʻz talabalariga kay darajada bilim berishi va ularda qanday malakalar shakllantirishi emas, balki uning oʻrta maʼlumot negizida mutaxassis tayyorlashi asos qilib olinadi. Shuning uchun ham bir qator mamlakatlarda umumiy urta taʼlimdan keyin mutaxassis tayyorlaydigan har qanday oʻquv yurti Oliy maktab hisoblanadi. OʻzRda Kadrlar tayyorlash milliy dasturini roʻyobga chiqarishning uchinchi bosqichidan soʻng Oliy maktab urta maxsus maʼlumot negizidagina mutaxassis tayyorlaydigan boʻladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil