Olivier Roy
Olivier Roy ( 1949-yilda tugʻilgan) fransuz siyosatshunosi. Fransiyaning Ilmiy Tadqiqotlar Milliy Markazida (CNRS) va Ijtimoiy fanlarda Yuksak Tadqiqotlar Maktabida (EHESS) bosh ilmiy mutaxassis (directeur de recherches - tadqiqotlat direktori) boʻlip ishlaydi. Asosan, Islom dunyosi xaqida olib borgan tadqiqotlari bilan tanilgan. Fransiya, Yevropa va Amerikada zamonaviy islom olamidagi jarayonlarga tegishli mavzular boʻyicha eng koʻp murojaat qilinadigan mutaxassislardan biri.
Olivier Roy Markaziy Osiyo davlatlari xaqida ham koʻplap asar va maqolalar yozgan. Uning "La Nouvelle Asie Centrale ou la Fabrication des nations" ("Yangi Markaziy Osiyo yoki Millatlarning yasalishi" (1997) asari chor rus hukumati tomonidan boshlangan va keyinchalik XX asrda sovet hukumati tomonidan davom ettrilgan Markaziy Osiyoda millatlar siyosati xaqida yozilgan eng qiziqarli asarlardan biridir.