Oliver Baumann
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 2-iyun 1990-yil[1] | ||
Tavallud joyi | Breisach, Germaniya | ||
Boʻyi | 1.87 m (6 ft 2 in)[1][2] | ||
Ampluasi | Darvozabon | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | TSG Hoffenheim | ||
Raqami | 1 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
FC Bad Krozingen | |||
2002–2009 | SC Freiburg | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
– | SC Freiburg II | 22 | (0) |
2010–2014 | SC Freiburg | 131 | (0) |
2014– | TSG Hoffenheim | 330 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2008 | Germaniya U-18 | 1 | (0) |
2008–2009 | Germaniya U-19 | 7 | (0) |
2010 | Germaniya U-20 | 2 | (0) |
2010–2013 | Germaniya U-21 | 10 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2024-yil 18-may uchun) |
Oliver Baumann (1990-yil 2-iyunda tugʻilgan) – germaniyalik professional futbolchi, Bundesliganing TSG Hoffenheim klubi darvozaboni va sardori[2].
Klublardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]SC Freiburg
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yoshlar va zaxira jamoasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oliver Baumann 2002-yilda SC Freiburg klubining yoshlar jamoasiga qoʻshilgan. Oʻshandan buyon futbolchi klub safida jami 104 ta Bundesliga oʻyinda maydonga tushgan. SC Freiburg B jamoasi safida esa 21 ta uchrashuv oʻtkazgan.
Asosiy jamoa
[tahrir | manbasini tahrirlash]2009-2010-yilgi mavsumning soʻnggi turida Baumann Borussia Dortmund klubiga qarshi Bundesliga uchrashuvida professinoal futboldagi debyutini oʻtkazdi[3]. 2010-2011-yilgi mavsumdan boshlab esa u jamoaning asosiy darvozaboniga aylandi va 30 ta liga oʻyinida maydonga tushdi. 2011-yilning iyun oyida darvozabon shartnomasini 2015-yilga qadar uzaytirdi[4]. Navbatdagi ikki mavsumda esa u klub safida jami 73 uchrashuv oʻtkazdi.
2013-2014-yilgi mavsumda u SC Freiburg tarkibidagi asosiy figuralardan biri boʻlib, klubning Bundesligadagi dastlabi oltita oʻyini, shuningdek, UEFA Yevropa Ligasi va DFB-Pokalning ochilish oʻyinlarida ham maydonga tushirildi. Biroq, Hamburger SV jamoasi qarshi oʻyinda Baumann qoʻpol xatolarga yoʻl qoʻydi, bu esa klubning 3:0 hisobida magʻlubiyatiga sabab boʻldi[5]. Shunga qaramasdan murabbiylar unga ishonch bildirishda davom etdi va keyingi Nürnberg bilan kechgan uchrashuvda quruq oʻyin oʻtkazgan holda jamoasining mavsumdagi ilk qgʻalabasini taʼminladi[6][7].
TSG Hoffenheim
[tahrir | manbasini tahrirlash]2014-yilning 14-mayida Baumann TSG Hoffenheim jamoasi bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi. Oʻshandan beri u klubning asosiy darvozaboni va Benjamin Hübner ketganidan keyin esa jamoa sardoriga aylandi[8]. 2023-2024-yilgi mavsumda Bundesligada 157 ta seyv qayd etgan holda bu natija borasida ligadagi eng yuqori natijani qayd etdi[9] .
Terma jamoadagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Baumann hali Germaniya terma jamoasi safida debyut qilmagan boʻlsada, ammo 18 yoshdan 21 yoshgacha boʻlgan barcha yosh toifasidagi jamoalar safida kamida bittadan oʻyin oʻtkazgan.
Baumanning Germaniya U-19 jamooasidagi barcha uchrashuvlari oʻrtoqlik oʻyinlariga toʻgʻri kelgan. Bulardan eng sda qolarlisi Estoniya U-19 terma jamoasiga ustidan qozonilgan 5-0 hisobidagi gʻalaba boʻlgan. Keyinchalik Germaniya U-20 terma jamoasi safida Shveytsariya U-20 va Italiya U-20 terma jamoalariga qarshi ikkita oʻyinda maydonga tushganidan soʻng, u 21 yoshgacha boʻlganlar terma jamoasiga chaqiruv oldi.
2010-2011-yilgi mavsumda Baumann Germaniya U-21 terma jamoasi safida toʻrtta oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushib, oʻsha oʻyinlarda oltita gol oʻtkazib yubordi. Keyingi uch mavsumda esa terma jamoa safida bor yoʻgʻi beshta uchrashuvda maydonga tushirildi.
Baumann 2020-yil sentyabrda ilk bora Ispaniya va Shveysariyaga qarshi UEFA Millatlar Ligasi uchrashuvlarida Germaniya terma jamoasi uchun chaqiruv oldi[10] .
Futbolchi Germaniyaning UEFA Yevro 2024 uchun yakuniy qaydnomasiga ham kiritildi[11].
Career statistics
[tahrir | manbasini tahrirlash]Club
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2024-yil 18-may holatiga koʻra
Klub | Mavusum | Liga | DFB-Pokal | Yevropa | Umumiy | |||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | ||
SC Freiburg II | 2009-2010 | Regionalliga Süd | 20 | 0 | — | — | 20 | 0 | ||
2010-2011 | Regionalliga Süd | 2 | 0 | — | — | 2 | 0 | |||
Total | 22 | 0 | — | — | 22 | 0 | ||||
SC Freiburg | 2009-2010 | Bundesliga | 1 | 0 | 0 | 0 | — | 1 | 0 | |
2010-2011 | 30 | 0 | 1 | 0 | — | 31 | 0 | |||
2011-2012 | 33 | 0 | 1 | 0 | — | 34 | 0 | |||
2012-2013 | 34 | 0 | 5 | 0 | — | 39 | 0 | |||
2013-2014 | 33 | 0 | 3 | 0 | 6 | 0 | 42 | 0 | ||
Umumiy | 131 | 0 | 10 | 0 | 6 | 0 | 147 | 0 | ||
TSG Hoffenheim | 2014-2015 | Bundesliga | 34 | 0 | 3 | 0 | — | 37 | 0 | |
2015-2016 | 33 | 0 | 1 | 0 | — | 34 | 0 | |||
2017-2018 | 34 | 0 | 2 | 0 | — | 36 | 0 | |||
2017-2018 | 34 | 0 | 0 | 0 | 7 | 0 | 41 | 0 | ||
2018-2019 | 33 | 0 | 0 | 0 | 6 | 0 | 39 | 0 | ||
2019-2020 | 30 | 0 | 1 | 0 | — | 31 | 0 | |||
2020+2021 | 31 | 0 | 2 | 0 | 7 | 0 | 40 | 0 | ||
2021–2022 | 33 | 0 | 2 | 0 | — | 35 | 0 | |||
2022–2023 | 34 | 0 | 3 | 0 | — | 37 | 0 | |||
2023–2024 | 34 | 0 | 2 | 0 | — | 36 | 0 | |||
Umumiy | 330 | 0 | 16 | 0 | 20 | 0 | 366 | 0 | ||
Umumiy | 473 | 0 | 26 | 0 | 26 | 0 | 525 | 0 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Oliver Baumann | TSG Hoffenheim | Player Profile | Bundesliga“. bundesliga.com. DFL. Qaraldi: 2022-yil 16-sentyabr.
- ↑ 2,0 2,1 „Steckbrief Oliver Baumann“. TSG 1899 Hoffenheim. Qaraldi: 2022-yil 3-avgust.
- ↑ „Bundesliga 34. Spieltag: SC Freiburg – Borussia Dortmund“ (de). Zeit Online (2010-yil 8-may). Qaraldi: 2016-yil 28-iyun.
- ↑ „Oliver Baumann verlängert beim SC Freiburg“ (de). Badische Zeitung (2011-yil 28-iyun). Qaraldi: 2016-yil 28-iyun.
- ↑ „Bundesliga: Freiburg keeper Oliver Baumann was positive despite 3-0 loss to Hamburg“. Sky Sports (2013-yil 28-oktyabr). Qaraldi: 2016-yil 28-iyun.
- ↑ „DARIDA FIRES FREIBURG PAST SORRY NÜRNBERG“. bundesliga.com. 2014-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 12-sentyabr.
- ↑ „SC Freiburg verlängert vorzeitig mit Oliver Baumann“ (de). Badische Zeitung (2013-yil 24-sentyabr). Qaraldi: 2016-yil 28-iyun.
- ↑ „Who are the Bundesliga's captains in 2023/24?“.
- ↑ „Bundesliga Stats 2023-2024: Shots saved“. Bundesliga. Qaraldi: 2024-yil 30-may.
- ↑ „Löw: "Ich habe Verantwortung gegenüber den Spielern"“ (de). DFB (2020-yil 25-avgust). Qaraldi: 2020-yil 6-sentyabr.
- ↑ „UEFA Euro 2024: All squads and players full list“. Olympics.com (2024-yil 7-iyun). Qaraldi: 2024-yil 7-iyun.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oliver Baumann WorldFootball.net saytida
- Oliver Baumann fussballdaten.de saytida (olmoncha)