Olimpiya (stadion, Samarqand)
"Afrosiyob arena"— Oʻzbekistonning Samarqand shahridagi koʻp maqsadli stadion. 12500 tomoshabinga moʻljallangan bu stadion Samarqanddagi 13800 tomoshabinga moʻljallangan “Dinamo” stadionidan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. Bu mahalliy “Sherdor” futbol klublari va “Dinamo” yoshlar jamoasining uy arenasidir. 2015-yilgacha Samarqandning yana bir klubi “Registon” oʻz uyida boʻlgan uchrashuvlarini shu stadionda oʻtkazgan. Stadion 1989-yilda qurilgan va Samarqand viloyatidagi eng yirik stadionning biri. O'zbekistondagi ko'pgina stadionlaridan biri bo'lib, turli musoboqa, turnirlar, yoki madaniy tadbirlar o'tkazilinuvchi joylardan biridir. Bu inshoot Samarqand viloyatiga o'shgacha chiroy, o'zgacha tarovat berib, viloyatning qurilish salohiyati yanada yuqori darajaga ko'tarib turadi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]“Afrosiyob arena” stadioni Samarqand olimpiya zaxiralari kolleji tomonidan foydalaniladigan yirik sport majmuasining bir qismidir. Samarqandning shimoliy qismida, Ibn Sino koʻchasining gʻarbiy va shimoliy qismlarida, janub tomondan Rudakiy koʻchasida joylashgan. Stadion Sovet davrida, ba'zi ma'lumotlarga ko'ra, 1989 yilda qurilgan.
Bir muddat “ Registon ” va “ Sherdor ” futbol klublari o'z uyida boʻlgan uchrashuvlarini stadionda o'tkazishgan. 2011 -yilda “Dinamo” stadioni kapital ta’mirlanayotganda “Dinamo” futbol klubi oʻz uyida boʻlgan uchrashuvlarini shu stadionda oʻtkazishgan. Ayni damda stadionda “Dinamo” yoshlar jamoasining o'z uyida bo'ladigan uchrashuvlari oʻtkazadi. Stadion olimpiya zaxiralari kollejining mahalliy jamoalariga ham mezbonlik qiladi.
Olimpiya zaxiralari kolleji oʻquvchilari futbol oʻyinlaridan tashqari stadionda mashgʻulotlar olib borishadi, shahar, viloyat, respublika miqyosida turli sport musobaqalari va tadbirlari (futbol, yengil atletika va boshqalar) oʻtkaziladi.
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xalqaro o'yinlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]2007 yil Afrosiyob stadionida London-2008 Olimpiada o'yinlar saralash bosqchi doirasida O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Suriya olimpya terma jamasini qabul qilgan[1]
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Ретро! 13 йил аввал Самарқандда ўтган ва нурсиз дуранг билан якунига етган Ўзбекистон - Сурия ўйинини эслаймиз!“ (11 окт 2021). 2022-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-avgust.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Futbolfacts.ru sayti asosida stadion haqida ma'lumot Архивная копия
- Stadion haqida ma'lumot wildstat.ru saytida Архивная копия -da arxivlangan
- Stadion haqida ma'lumot wikimapia.org saytida