Olimjon Qodiriy
Olimjon Qodiriy — 1898-yil 9-sentabrda Xiva xonligiga qarashli Gurlan tumanida tug‘ilgan[1]. Uning ijtimoiy kelib chiqishi haqida ma’lumotlar kam. Olimjon Qodiriy yoshligida ilk ta’limni Gurlandagi yangi usul maktablarida o'qigan. “No‘g‘ay maktablari” deb nomlangan mazkur maktablar asosan tatar o‘qituvchilariga tegishli bo‘lib, rus tilini o‘rganish uchun qulay edi. Bu maktablarni bitirgan yoshlar asosan hur fikrli, taraqqiyparvar, jadidchilik g‘oyalariga moyil bo‘lib ulg‘ayishar edi.Olimjon Qodiriy 14 yoshida maktabni tamomlab, Gurlandagi “Zinger” kompaniyasiga farrosh bo‘lib ishga kiradi. U ko‘p o‘tmay o‘zining intilishi va tirishqoqligi evaziga nemis tilini o‘rganib, korxonadagi yetakchi chilangar (slesarlar)dan biriga aylanadi.
1916-yil Xiva xonligining bir necha bekliklarini qamragan milliy zulmga qarshi xalq qo‘zg‘alonida Olimjon Qodiriy ham “Yosh xivaliklar” vakili sifatida ishtirok etadi. Shundan so‘ng butun xonlik hududida taraqqiyparvarlarga qarshi ta’qib kuchaytirildi va natijada Olimjon Gurlandan chiqib ketishga majbur bo‘ladi. U 1918–1919-yillarda Petroaleksandrovskdagi 3-harbiy garnizonga oddiy askar sifatida xizmatga kiradi. Rus tilini mukammal bilganligi tufayli garnizon harbiy sudining vakili etib saylanadi. Xiva xonligi qulagach esa, Olimjon Qodiriy iqtidorli yoshlardan biri sifatida tanlanib, Markaziy Rossiyaga o‘qishga yuboriladi. U 1920–1922-yillarda Moskvadagi Sverdlov nomli Sharq mehnatkashlari Kommunistik universitetida ta’lim oladi.
1922 yil BXSR hukumati rahbari Fayzulla Xo‘jaev Turkiston va Buxorodan Germaniyada o‘qitish uchun talabalar yubora boshlaydi. Xorazm Xalq Respublikasining Moskvadagi muxtor vakilligiga Toshkentdan kelgan xabarga ko‘ra, BXSR hukumati Xorazm Respublikasidan ham horijda o‘qitish uchun 2 ta vakil ajratishini so‘ragan. Shulardan biri Olimjon Qodiriy edi. U 1922 yilning oktabr oyi so‘ngida Germaniyaning Berlin shahriga yetib boradi. Olimjon Idrisiy Turkiston talabalarini dastlab tezkor til o‘rgatish kurslariga topshiradi. Xorijiy ta’lim olish uchun tanlangan o‘quvchilar yoshi va bilim darajasiga ko‘ra bir necha guruhga taqsimlab, ularni iqtidorlariga qarab Germaniyadagi o‘quv muassasalariga joylashtiradi.
1927-yilning so‘nggida Farg‘ona vodiysiga kelib ishga joylashadi.
1937-yilning 8-sentabrida Olimjon Qodiriy O‘zSSR JKning 62, 67 moddalari bilan ayblanib, otib tashlanadi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Туркистон жадидлари: Германиядан қайтиб қатағонга учраган Олимжон Қодирий“. Qaraldi: 31-oktabr 2023-yil.