Oleg Bejenar
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Oleg Valeriyevich Bejenar | ||
Tavallud sanasi | 17-sentyabr 1971-yil | ||
Tavallud joyi | Kyev, Ukraina, USSR | ||
Vafot sanasi |
13-fevral 2023-yil (51 yoshda) | ||
Vafot joyi | Tiraspol, Moldova | ||
Ampluasi | Himoyachi |
Oleg Valeriyevich Bejenar (rumincha: Oleg Bejenari 17-sentyabr 1971-yil — 13-fevral 2023-yil) — moldaviyalik futbolchi va futbol murabbiyi.
Futbolchilik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oleg Tigina-RShVSM jamoasi tarkibida futbolchilik faoliyatini boshlagan. 1991-yilda „Budjak“ (Comrat) jamoasi safiga koʻchib oʻtgan.
1992-yildan 1994-yilgacha (tanaffus bilan) Tiligul Tiraspol jamosi tarkibida oʻynaganda . Bu vaqt ichida u Kishinyovning „Dinamo-Kodru“ va „Sportul Studencesk“ klublarida ham ijara asosida toʻp surgan. 1994-yilda u Budjak tarkibiga qaytgan, biroq bir mavsumda bor-yoʻgʻi 10ta oʻyin oʻtkazib, qisqa muddatga klubni tark etgan. Keyingi yili u „A“ divizion vakili — "Migdal" (Karagasaniy) jamoasi bilan shartnoma imzolab klub tarkibiga qoʻshilgan. 1996-yilda u yana Benderijliklar safiga kelib qoʻshilgan. Oleg ikki mavsumni ijara asosida „Dinamo“da oʻtkazgan.
1997—1998-yilgi mavsumni Ukraina Ikkinchi ligasida ishtirok etadigan Dnepropetrovsk viloyatining „Metallurg“ (Novomoskovsk) jamoasi tarkibida oʻtkazgan. 1999-yilda u Tulaning „Arsenal“ klubiga taklif qilingan, ammo futbolchi klub tarkibida biror marotaba maydonga tushmagan.
2000-yilda „Nasaf“ (Qarshi) tarkibida Oʻzbekiston chempionatida 10 ta oʻyin oʻtkazgan.
2002-yilda Oleg „Selenga“ (Ulan-Ude) jamoasiga borib qoʻshilgan.
- Moldova chempionatida 88 ta oʻyin oʻtkazib, 1 ta gol urgan.
- Moldova „A“ divizionida esa 37 ta oʻyin oʻtkazgan.
- Oʻzbekiston chempionatida 10 ta oʻyin oʻtkazgan.
- Ukraina Ikkinchi ligasida 7 ta oʻyin oʻtkazdi.
- Rossiya Ikkinchi divizionida esa 10 ta oʻyin oʻtkazgan.
Murabbiylik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oleg murabbiylik faoliyatini UTM Academy klubida Vitaliy Kulibabaning yordamchisi sifatida boshlagan. Oradan biroz vaqt oʻtib, 2010—2011-yilgi mavsumning ikkinchi qismida u klubni bosh murabbiy sifatida boshqargan.
2011-yilda Oleg Sergey Stroenkoning yordamchisi sifatida Zimbru jamosiga taklif qilingan va 2012-yilning yozida Zimbru jamoasi bosh murabbiyiga aylangan. Biroq, Bejenarining Zimbru jamoasi safida qolishi uzoqqa choʻzilmagan. Yevropa ligasi saralash bosqichida „Bangor City“ bilan durang oʻynagach, Oleg ishdan boʻshatilgan. 2012-yil noyabr oyida u Speranza Krihan Vekeni jamosini boshqargan. 2015-yilning iyun oyida murabbiy Kishinyovning „Dacia“ klubi murabbiylar shtabiga qoʻshilgan[1].
2023-yil 13-fevralda vafot etgan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Олег Беженарь вошёл в тренерский штаб «Дачии»“. fcdacia.md (2015-yil 8-iyun). 2016-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 29-iyun.
- ↑ Oleg Bejenari — Profil trenera | Transfermarkt