Kontent qismiga oʻtish

Ole Olufsen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ole Olufsen

Ole Olufsen (1865-yil 24-yanvar — 1929-yil 13-dekabr) — daniyalik harbiy ofitser va tadqiqotchi. U 1890-yillarda Buxoro amirligiga, jumladan, Pomir togʻlari va boshqa hududlarida koʻplab ekspeditsiyalar amalga oshirgan[1]. U, shuningdek, Daniya Qirollik Geografik Jamiyatining kotibi lavozimida ham ishlagan. Olufsen Pomir xalqlarida Avesto madaniyati belgilari saqlanib qolganligi, Vilgelm Geyger va Karoli Jeno Uyfalvi de Mezo-Kovesd asarlaridan olingan tushuncha va mintaqada hali ham zardushtiylik tarafdorlari yashaydi, degan gʻoyaning tarafdori edi[2]. 1896—1897-yillarda hamda 1898—1899-yillarda Buxoro amirligi va Pomir togʻlari hududlarida, Markaziy Osiyo boʻylab ekspiditsiya uyushtirgan.1898—1899-yillarda Pomirga qilgan ekspeditsiyalarida Olufsenga daniyalik botanik Ove Paulsen hamrohlik qildi[2]. Sayohatga chiqishidan oldin Olufsen mustaqil ravishda Oʻrta Osiyo haqidagi mavjud geografik va etnografik adabiyotlar bilan tanishdi, turk tilini oʻrgandi. Oʻrta Osiyoga ekspeditsiyalardan soʻng, Olufsen umrining qolgan qismini ekspeditsiyalarga rahbarlik qilib, oʻz ishining natijalarini nashr etishda oʻtkazdi, u 20 yil Daniya qirollik geografiya jamiyatining kotibi boʻlib ishladi. U Pomir togʻlari boʻylab ikki marotaba ekspeditsiyalar uyishtirdi. O.Olufsen tashrifi chogʻida estadalik tarzida asar yozgan boʻlib, ushbu asar 1911-yilda „Buxoro amiri va uning mamlakati“ Buxorodagi sayohatlar va tadqiqotlar (Amudaryodan Xivaga sayohatim haqidagi bob bilan) Londonda nashr etiladi. Ushbu esdalik 17 ta bobdan iborat boʻlib, 16-bobi Buxoro amirligiga bagʻishlangan[3]. Ole Olufsen Buxoro va uning tarixiy shaharlar haqida koʻplab qimmatli maʼlumotlar yozib qoldirgan.

Kitoblari roʻyxati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Gorshenina, Svetlana. Explorateurs en Asie centrale (fr). Geneva: Éd. Olizane, 2003 — 223–225-bet. ISBN 2-88086-295-7. 
  2. 2,0 2,1 Olufsen, O.. Through the Unknown Pamirs: the Second Danish Pamir Expedition 1898-99. London: W. Heinemann, 1904 — 97–216-bet. 
  3. O.Olufsen The Emir of Bokhara and his country ; Journeys and studies in Bokhara (With a chapter on my voyage on the Amu darya to Khiva)// Gyldendalske Boghanel, Nordisk Forlag Copenhagen London: William Heinemann 1911.- P.599.