Kontent qismiga oʻtish

Oksidlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oksidlar, tabiiy oksidlar (yun. oxys — nordon) — elementlarning kislorod bilan tabiiy kimyoviy birikmalari, minerallar sinfi. 300 tacha mineralni oʻz ichiga oladi. Tabiatda eng koʻp uchraydigan oksiddan biri — suv (vodorod oksidi). Silikat angidrid (SiO2) koʻpgina togʻ jinslari tarkibiga kiradi. Eng keng tarqalgan oksid hosil qiluvchi elementlar: Si, Fe, Mn, Al, kamroq miqsorida — Cu, U. oksidning aksariyati — ion aloqali birikmalar, ammo kremnezyom (Si), nemetall (As, Se, Te) va xalkofil (Si, Pb, Zn, Sn, Hg, Cd, In, Bi, Sb) elementlar minerallari kovalentli aloqalar bilan tavsiflanadi. Odatda, oksid tarkibida gidroksid va oksigidratlar (bir paytda O2~ va ON~) birlashmalari mavjud. Normal oksid molekulasi tarkibidagi barcha kislorod atomlari faqat oʻsha element atomlariga birikkan boʻladi, lekin oʻzaro birikmaydi. Peroksid, superoksid va ozonidlar tarkibiga kislorod atomlari faqat element atomlariga birikib qolmay, bir-biri bilan ham birikadi (mas, SnO2 — normal oksid, VaO2 — peroksid). Normal oksid elementlarning kislorod bilan bevosita birikishidan, elementlarning gidroksidlari karbonat, nitrat, sulfat va boshqa kislorodli kislotalar tuzlarining ajralishidan hosil boʻladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil