Kontent qismiga oʻtish

Ohang

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ohang (fors. — tovush, nagʻma, kuy) — musiqiy ifoda vositasi sifatida eng kichik kuy boʻlagi, intonatsiya. Ohang bir necha tovushlarning mantiqan ulanib bori-shidan hosil boʻlib, vokal musiqada sheʼriy ruknga mos keladi. Ohanglar birikib yirikroq tuzilmalar — kuy jumlalarini tashkil etadi. Ohang kuyning bosh (eng oʻziga xos) tuzilmasi va boshqa maʼnolarda ham, hindlarda esa "ohangit" musiqaning umumiy ifodasi sifatida, forsiyzabon xalklarda "ohangsoz" — bastakor maʼnosida ham qoʻllanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil