Kontent qismiga oʻtish

Ogʻa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ogʻa (turkcha) — 1) Usmonli turk imperiyasida yanicharlar boshligʻi unvo-ni, shuningdek, saroy xodimlari boshligʻi. Yanicharlar korpusi tugatilgach (1826), Turkiya armiyasidagi kichik va oʻrta zobitlar. Hozirgi Turkiyadagi yer egalariga murojaat qilinganda Ogʻa qoʻshib ishlatiladi, baʼzan kishi ismining bir qismi boʻlib ham qoʻllanadi; 2) Ogʻaning "aka" maʼnosi ham bor (mas, ogʻa-ini — aka-uka); 3) xon saroyi yoki boy xonadonidagi kanizak, uygʻur xonadonidagi eng keksa ayol ogʻacha deyilgan; 4) haram qoʻriqchisi (bichilgan qul) haram ogʻasi deb atalgan; 5) Xorazmda xon saroyiga arzga keluvchilarni qabul qiluvchi kishi eshik ogʻasi deyilgan; 6) xotinning akasi yoki ukasi (agar eridan katta boʻlsa) er uchun, erning akasi yoki ukasi (agar xotinidan katta boʻlsa) xotin uchun qaynogʻa hisoblanadi; 7) bu atama Eronda oqo shaklida ishlatiladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil