Sobir Odilov
Sobir Rahimovich Odilov (1-mart 1932-yil, — Toshkent — 2002-yil.18-iyul) — meʼmor, Odilov oʻzbek meʼmorligi va monumental sanʼatini rivojlantirishga katta hissa qoʻshgan. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan binokor (1967). Oʻrta Osiyo politexnika institutini tugatgan (1955). Olmaliq shahri (1955—61) va Toshkent viloyati (1962—66) bosh meʼmori, Toshkent shahri bosh meʼmori (1970—84, 1990—91), "Oʻzbekdavlatqurilish" qoʻmitasi raisi oʻrinbosari (1975—85; 1990 —91). Oʻzbekiston madaniyat yodgorliklarini taʼmirlash ilmiy tadqiqot va loyihalash institutida boʻlim mudiri (1986), direktori (1989). Toshkent shahri bosh plani va Andijon, Jizzax markaz loyihalari (1970, 1980) muallifi. Odilov rahbarligida 80 dan ortiq loyiha (maydon, turar joy, haykal va boshqalar) yaratilgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
- 1-martda tugʻilganlar
- 1932-yilda tugʻilganlar
- Toshkentda tugʻilganlar
- 18-iyulda vafot etganlar
- 2002-yilda vafot etganlar
- Toshkentda vafot etganlar
- Kishilar
- Oʻzbeklar
- Arxitektura
- Toshkent davlat texnika universiteti bitiruvchilari
- Xalqlar doʻstligi ordeni sohiblari
- Toshkent meʼmorlarlari
- Oʻzbekiston meʼmorlarlari
- Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan quruvchilar
- Oʻzbekiston shaharsozlari