Odette Giuffrida
Odette Giuffrida | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | ayol |
Fuqaroligi | Italiya |
Tavallud sanasi |
12-oktyabr 1994-yil Rome, Italiya |
Vazni | 52 kg gacha |
Sport | |
Qaysi sport | dzudo |
Klubi | Centro Sportivo Esercito |
Sport mukofotlari | ||
---|---|---|
Yozgi Olimpiada oʻyinlari | ||
Kumush | Rio-de-Janeyro 2016 | 52 kg |
Bronza | Tokio 2020 | 52 kg |
Yevropa oʻyinlari | ||
Bronza | Boku 2015 | 52 kg |
Dzudo bo'yicha Yevropa chempionati | ||
Oltin | Praga 2020 | 52 kg |
Kumush | Lissabon 2021 | 52 kg |
Odette Giuffrida (tugʻ. 1994-yil 12-oktyabr, Rome, Italiya) — italiyalik dzudochi, 52 kg gacha vazn toifasida, Italiya terma jamoasi aʼzosi. 2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari kumush medali sovrindori va 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari bronza medali sovrindori. Dzudo boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining toʻrt karra bronza medali sovrindori (2011, 2012, 2013, 2014). 2020-yilda Yevropa chempioni. 2016-yil fevral oyida u ayollar dzudo boʻyicha Jahon reytingida Top-10 taligiga kirdi.[1]
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Odette Giuffrida bolaligini Rim chekkasidagi Monte-Sakroda oʻtkazdi.[2] U akasi Salvatore tufayli 6 yoshida dzudo bilan shugʻullana boshlagan.
2009-yilda u xalqaro maydonda debyut qilgan. 2013 va 2014-yillarda u oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida gʻolib chiqdi. 2011—2014-yillarda u yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining bronza medali sovrindori boʻlgan. 2015-yilda Bokuda (Ozarbayjon) boʻlib oʻtgan birinchi Yevropa oʻyinlarida u umumjamoa hisobida bronza medali sohibiga aylandi.[3]
2016-yilda Rio-de-Janeyroda (Braziliya) Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Odette 52 kg gacha vazn toifasida finalga chiqdi va kosovolik dzudochi Majlinda Kelmendiga yutqazdi, kumush medalni qoʻlga kiritdi.
2020-yilda noyabr oyida Pragada (Chexiya) boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida Giuffrida 52 kg gacha vazn toifasida chempionlik unvonini qoʻlga kiritdi. Finalda u ruminiyalik sportchi Andreea Chițudan ustun keldi. 2021-yilda Lissabonda (Portugaliya) boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida 52 kg gacha boʻlgan vazn toifasida italiyalik sportchi finalda fransiyalik Amandine Buchardga yutqazib, kumush medalni qoʻlga kiritdi.
2021-yilda Tokioda (Yaponiya) boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ikkinchi kunida 52 kg gacha vazn toifasida italiyalik uchinchi oʻrin uchun kurashda vengriyalik Réka Puppni magʻlub etib, Olimpiadaning bronza medalini qoʻlga kiritdi.[4][5][6][7]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Odette Giuffrida reaches top 10 World Ranking
- ↑ „arxiv nusxasi“. 12-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-may 2022-yil.
- ↑ Baku 2015. Bronzo a squadre con il Judo femminile
- ↑ Odette Giuffrida, 6-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 28-may 2022-yil
{{citation}}
: CS1 maint: date format () - ↑ Majlinda Kelmendi wins Kosovoʻs 1st Olympic medal
- ↑ „arxiv nusxasi“. 27-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-may 2022-yil.
- ↑ Odette GIUFFRIDA