Kontent qismiga oʻtish

Obelisk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Obelisk (yun. obeliskos — six) — meʼmorial inshoot turi; yodgorlik. Yuqori (uchi)ga tomon ingichkalashib boradigan, asosan, toʻrtburchaksimon (kvadrat tarhli) qirrali ustun. Tarixiy shaxs yoki voqealar xotirasini abadiylashtirish maqsadida oʻrnatiladi. Dastlab Qadimda Misrda paydo boʻlgan, saroy va ibodatxonalar oldiga yodgorlik sifatida oʻrnatilgan. Misrdan olib ketilgan yaxlit Obelisklardan Yevropada shaharsozlik maqsadlarida foydalanilgan. Oʻzbekistonda Obelisk XX asr boshlaridan qurila boshlagan. 1941—45 yillar urushida halok boʻlgan jangchilarga atab Samarqand, Buxoro, Urganch va boshqa shaharlarda Obelisklar yodgorlik sifatida bunyod etilgan. Zamonaviy meʼmorlikda Obelisk monumental sanʼatning keng tarqalgan turi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil