Kontent qismiga oʻtish

O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy uyushmasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi
Vebsayti www.milliy.media
Toshkent sh. H.Olimjon maydoni. Biznes kompleks "Poytaxt" G‘arbiy tomon 4-yo‘lak 2-qavat.

O‘zbekiston Milliy Media Assotsiatsiyasi (O‘zMMA) 2003-yilda tashkil etilgan — nodavlat, notijorat tashkilot bo‘lib, mamlakatdagi ommaviyaxborot vositalarini birlashtiradi, media sanoatinirivojlantirish, jurnalistlarni qo‘llab-quvvatlash va turlita'lim hamda professional loyihalarni amalga oshirishbilan shug‘ullanadi. Assotsiatsiya zamonaviy media muhiti rivojlanishi ustida faol ish olib boradi, so‘zerkinligini ta'minlaydi va jurnalistlarning professional o‘sishini qo‘llab-quvvatlaydi, shu bilan birgamamlakatning axborot siyosatini shakllantirishdamuhim rol o‘ynaydi.

Tarix va missiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

O‘zMMA O‘zbekistonning media sohasini mustahkamlash va mustaqil jurnalistikani rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan. Assotsiatsiya o‘z oldiga jamiyat uchun muhim masalalarni yoritish, so‘z erkinligini ta'minlash va jurnalistlarning professional darajasini oshirish vazifalarini qo‘yadi.

Assotsiatsiya tuzilmasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

O‘zMMA tarkibiga 47 dan ortiq ommaviy axborotvositalari kiradi, jumladan:

  • 29 ta telekanal;
  • 16 ta radio stansiya;
  • 1 ta jurnal;
  • Xalqaro press klub.

Asosiy loyihalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

O‘zMMA media sanoatini rivojlantirishga qaratilgan ko'plab tashabbuslarni amalga oshirmoqda:

  • «Debat Xoll» media markazi - siyosiy xarakterga ega bo‘lgan turli jamoat tadbirlarini muhokama qilish uchun platforma;
  • Har yili o‘tkaziladigan «Renessans» milliy mukofotini topshirish marosimi - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-iyundagi «Ommaviy axborot vositalari xodimlarini qo‘llab-quvvatlash va jurnalistika sohasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-294-son qarorining 3-ilovasining 37-bandida belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun tantanali tadbirdir.

Media forumlar:

  • «Radio kuni» - Butunjahon radio kuni (13-fevral) munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbir;
  • «Birlashtirish nuqtasi» - Butunjahon matbuot erkinligi kuni (3-may) ga bag‘ishlangan tadbir;
  • «Ommaviy axborot vositalari haftasi» - Butunjahon OAV kuni (27-iyun) ga bag‘ishlangan bir qator media konferensiyalar.

Konferensiyalar:

  • Matbuot kotiblari va OAV vakillari uchun;
  • «Ayollar media-klubi»;
  • Assotsiatsiya a’zolarining badiy kengashi uchun;
  • Barcha nodavlat tele va radiokanallar uchun.

Ta’lim loyihalari:

  • Mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida seminarlar va treninglar;
  • Xalqaro hamkorlar bilan birgalikdagi loyihalar, masalan, France 24, TRT Avaz, Konrad Adenauer jamg‘armasi va UNICEF bilan;
  • Xalqaro media hamkorlar bilan birgalikda tashkil etilgan navqiron jurnalistlar uchun yozgi media-lager "Media Camp".

Madaniy va sport tadbirlar:

  • Futbol turnirlari, masalan, “Birlashtirish kubogi”;
  • Mamlakat rivojlanishidagi yutuqlar bilan tanishish doirasida hududlar bo‘ylab mahalliy OAV bilan media-turlar.

Assotsiatsiya a’zo telekanallar va radio stansiyalar uchun media-kontent ishlab chiqarish bilan shug'ullangan holda ularning barqaror ravishda o‘sishini ta’minlaydi:

  • Filmlar: “Boj Badal”, “Katta langar Qur’oni”, “Жемчужина Востока” hamda Ichki ishlar vazirligi va Kinomatografiya bilan hamkorlikda ishlangan “Uch qahramon” filmida, assotsiatsiya asosiy axborot hamkori sifatida ishtirok etdi. Euronews, Rossiya-madaniyati, CNBC[1], BBC telekanallari bilan hamkorlikda “Nukus. Noma’lum jamgʻarma”, “Oʻzbekiston. Ochiq topilmalar”, “Oʻzbekiston: muhabbat haqida afsona”, “Oʻzbekiston. Qumlar va togʻlar ortida”, “Oʻzbekiston – qumlar javohiri”[2], “Qoraqalpogʻiston. Qumlar zamonida”[3], “Kattalangar Qur’oni: Fakt va afsonalar”.
  • Dasturlar: “Markaziy Studiya” "Mening yurtim" telekanalida, “Bu Kun” "Zo‘rTV" telekanalida, “Zamon” "Sevimli" telekanalida, “Ovoza” "Renessans" telekanalida, shuningdek, “Ovoza” information dasturi "Hit fm", "Temp fm" "Nukus fm", "Iqbol fm", "Nostalgi fm", "Istiqlol fm", "Diydor fm" "Muloqot fm" radio stansiyalarida.
  • Assotsiatsiya idoralar va vazirliklar bilan hamkorlikda videoroliklar yaratish bilan shug'ullanadi.

O‘zbekiston Milliy Media Assotsiatsiyasi kitob-albomlarni nashr etish uchun mas'uldir. Quyidagi kitoblar nashr etilgan:

  • Kitob-albomlar «O‘zbekistonning madaniy merosi jahon to‘plamlarida» 1–50 jildlarda (1–10-jildlar — 100 nusxadan, 11–50-jildlar — 330 nusxadan);
  • «O‘zbek san’ati durdonalari» (4 kitobdan iborat to‘plam + yon futlyar) — 500 nusxa;
  • «Rishton keramika» — 500 nusxa;
  • «Kamoliddin Behzod, Moniyani hayratga solgan» — 500 nusxa;
  • «Hazrati Zangi ota» — 500 nusxa;
  • Kitob-albom «O‘zbekiston yodgorliklaridagi yozuvlar» 20 jildda — 220 000 nusxa.

Jahon hamjamiyatiga taqdim etiladigan kitoblar:

  • «Rui Gonsales de Klavixo. Temuriylar saroyiga sayohat» — 500 nusxa;
  • «Sharq miniatyurasi: tarixiy shaxslar» — 1 000 nusxa;
  • «Islohotlar davrida Buyuk Ipak yo‘lining qayta tiklanishi: O‘zbekiston Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning Yaponiyaga rasmiy tashrifi natijalari» — 500 nusxa;
  • Kitob-albomlar «Yangi O‘zbekiston»: o‘zbek tilida — 2 000 nusxa, ingliz tilida — 2 000 nusxa, rus tilida — 2 000 nusxa (jami 6 000 nusxa).

O‘zMMA hamkorlari orasida:

  • O‘zbekiston Milliy kinematografiya agentligi;
  • Xalqaro tashkilotlar, jumladan Konrad Adenauer jamg‘armasi, YUNESKO, YUNISEF, “Sinxua” axborot agentligi, BMT Aholishunoslik jamg‘armasi, shuningdek, O‘zbekistonda Shanxay Hamkorlik tashkiloti Xalq diplomatiyasi markazi;
  • BBC, CNN, Euronews, France Medias Monde, TRT Avaz, France 24 va Xitoy media korporatsiyasi kabi xorijiy tele-radio kompaniyalari bilan hamkorlik.