O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi faxriy unvoni
O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi faxriy unvonining ko‘krak nishoni | ||
---|---|---|
| ||
Mamlakat | Oʻzbekiston | |
Turi | Koʻkrak nishon | |
Taqdirlash asosi | Baxshichilik sanʼatini yanada rivojlantirish, milliy qadriyatlarimizni eʼzozlash va o‘zbek xalq og‘zaki ijodiyotini keng targ‘ib etishdagi ulkan xizmatlari uchun | |
Holati | topshiriladi | |
Statistika | ||
Taʼsis sanasi | 2000-yil 14-mart | |
Navbat | ||
Toʻngʻich mukofot | Mustaqillik ordeni | |
Kenja mukofot | Amir Temur ordeni |
O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi faxriy unvon — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yilning 14-martdagi PF-2562-son farmoniga koʻra „O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi“ faxriy unvoni taʼsis etildi[1].
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ko‘krak nishoni 0,25 mikron qalinlikda tilla qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanib, diametri 34 millimetrli doira shaklida bo‘ladi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida milliy cholg‘u asbobi — do‘mbira chalib kuylayotgan baxshi, pastki o‘ng chekkasida dafna navdasi tasvirlangan. Ramzlarning yuqorirog‘idan „Xalq baxshisi“ degan yozuv gorizontal holatda joy olgan.
Nishonning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Tasvirlar va yozuvlar qabariq.
Ko‘krak nishoni ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
Faxriy unvon bilan taqdirlash tartibi
[tahrir | manbasini tahrirlash]„O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi“ faxriy unvoni baxshichilik sanʼatini yanada rivojlantirish, milliy qadriyatlarimizni eʼzozlash va o‘zbek xalq og‘zaki ijodiyotini keng targ‘ib etishdagi ulkan xizmatlari, o‘z ijodi va ijrochilik faoliyati bilan xalqimizni, ayniqsa, yoshlarni ko‘p ming yillik madaniyatimiz sarchashmalaridan bahramand etishdagi salmoqli hissalari, Vatan istiqloli va shon-sharafini ulug‘lash yo‘lida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga beriladi.
„O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi“ faxriy unvoniga taqdim etish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi, respublika vazirliklari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari, idoralar va jamoat tashkilotlari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
„O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi“ faxriy unvoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan beriladi. „O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi“ faxriy unvonining ko‘krak nishoni ko‘krakning chap tomoniga taqiladi.
Faxriy unvon bilan taqdirlangalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Baxshichilik sanʼatini yanada rivojlantirish, milliy qadriyatlarimizni eʼzozlash va o‘zbek xalq og‘zaki ijodiyotini keng targ‘ib etishdagi ulkan xizmatlari, xalqimizning maʼnaviy dunyosini boyitish yo‘lidagi hissasi hamda maʼnaviy-maʼrifiy islohotlar jarayonidagi faol ishtiroki uchun quyidagilarga „O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi“ faxriy unvoni bilan taqdirlandi[2]:
Boltayev Shoberdi | — | Boysun tumani 37-maktab o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati |
Bozorov Jumaboy | — | Shumanay tumani madaniyat bo‘limi xodimi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi |
Qurbonnazarov Abdulla | — | Xiva shahar madaniyat uyi „Doston“ ansambli badiiy rahbari, Xorazm viloyati |
Shomurod Baxshi | — | Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanining Arabbandi qishlog‘ida tavallud topgan |
Abdunazar Poyonov | — | Sherobod dostonchiligi maktabi vakili |
O‘zbekiston Mustaqilligining yigirma to‘rt yilligi munosabati bilan Umirov Rasul Qarayevich — Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanidagi „Qudrat“ fermer xo‘jaligi ishchisi „O‘zbekiston xalq baxshisi“ unvoni bilan taqdirlandi[3].
2000-yil „O‘zbekiston xalq baxshisi“ unvoni bilan taqdirlangan O‘zbekiston xalq baxshisi Shomurod Tog‘ayevich Maxmanov (Shomurod Baxshi) 2020-yilning 24-sentabr kuni 88 yoshida vafot etdi[4].
2003-yilda O‘zbekiston xalq baxshisi unvoni bilan taqdirlangan O‘zbekiston xalq baxshisi Sherobod dostonchiligi maktabi vakili Abdunazar Poyonov 2022-yilning 16-may kuni 73 yoshida vafot etdi[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi koʻkrak nishoni taʼsis etildi.“.
- ↑ „Faxriy unvon bilan taqdirlangalar“.
- ↑ „Umirov Rasul Qarayevich “O‘zbekiston xalq baxshisi” unvoni bilan taqdirlandi.“.
- ↑ „O‘zbekiston xalq baxshisi Shomurod Maxmanov vafot etdi“.
- ↑ „O‘zbekiston xalq baxshisi Abdunazar Poyonov vafot etdi“.