O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi — Oʻzbekistonda suv xoʻjaligi sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiruvchi tashkilot. 2018-yil 12-fevralda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi va suv vazirligi ikkita vazirlikka: Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Suv xoʻjaligi vazirligiga ajratilgan.
Vazifalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- suv resurslarini boshqarishda yagona siyosatni amalga oshiradi. Shuningdek, suv resurslaridan oqilona foydalanish va muhofaza qilish, suvlarning zararli ta’sirini oldini olish va tugatish sohasida davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi;
- hududlarni va iqtisodiyot tarmoqlarini suv resurslari bilan barqaror ta’minlaydi. Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va barqarorligini ta’minlash choralarini koʻradi;
- irrigatsiya va melioratsiya tizimlari, suv omborlari, nasos stansiyalari va boshqa suv xoʻjaligi va gidrotexnika inshootlarining ishonchli ishlashini ta’minlaydi. Yirik va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarini muhofaza qilishni tashkil etadi;
- suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilarining suv resurslaridan ehtiyotlab va oqilona foydalanish uchun javobgarligini kuchaytiradi, suvdan foydalanish madaniyati darajasini oshiradi;
- ushbu sohaga ilm-fan yutuqlarini, suvni tejovchi zamonaviy texnologiyalar va ilgʻor tajribalarni, suv xoʻjaligi va suvdan foydalanish tizimini boshqarishning innovatsion usullarini joriy etadi;
- suv xoʻjaligi sohasidagi mutaxassislarning malakasini oshirish tizimini tashkil etadi, suv xoʻjaligi tashkilotlari bilan ta’lim va ilmiy muassasalar oʻrtasidagi integrasiyani mustahkamlash, ilm-fan yutuqlarini amaliyotga joriy etish choralarni koʻradi;
- transchegaraviy suv resurslarini boshqarish va ulardan foydalanish boʻyicha davlatlararo munosabatlarni rivojlantiradi, chet el investisiyalari va texnik koʻmak mablagʻlari (grantlar)ni jalb etadi. Shuningdek, suv xoʻjaligi sohasidagi xalqaro tashkilotlarning faoliyatida faol ishtirok etadi.
Funksiyalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari, shuningdek, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida (kommunal sohadan tashqari) suv resurslaridan foydalanish boʻyicha ma’lumotlar bazasini yaratadi;
- suv iste’molchilari uyushmalari va boshqa birlashmalarini tuzish va ularni rivojlantirishda, shuningdek, ular xizmat koʻrsatadigan zonada suv resurslarini boshqarish va hisobga olishda uslubiy va amaliy yordam koʻrsatadi;
- suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari oʻrtasida oʻzaro iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
- suv resurslarining integrasiyalashgan boshqarish rejalarini, ulardan kompleks foydalanish, meliorasiya va suv xoʻjaligini rivojlantirishning istiqbolli sxemalarini ishlab chiqish va amalga oshirishni ta’minlaydi;
- mamlakat suv xavfsizligini ta’minlash hamda suv resurslarini samarali boshqarish va foydalanishni ta’minlash boʻyicha qisqa, oʻrta va uzoq muddatlarga moʻljallangan kompleks tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil qiladi;
- suv resurslarining havza tamoyili va butun vertikal boʻylab samarali boshqarish asosida hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarini suv bilan ishonchli va barqaror ta’minlashni amalga oshiradi;
- suv xoʻjaligi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash boʻyicha loyihalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini hamda tugatilgan ishlarni belgilangan tartibda qabul qilishni tashkil etadi va ta’minlaydi[1].
Rahbariyat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vazir — Xamrayev Shavkat Raximovich;
Vazirning birinchi oʻrinbosari — Nazarov Azimjon Soatmurod oʻgʻli; U bunga qadar innovatsion rivojlanish vazirining oʻrinbosari vazifasida faoliyat yuritgan[2].
Vazir oʻrinbosari — Mirzayev Akmal Arziyevich;
Vazir oʻrinbosari — Qarshiyev Rustam Djurayevich;
Vazirning davlat-xususiy sheriklik va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish boʻyicha maslahatchisi — Djon Aleksandr Rayt;
Qoraqalpogʻiston Suv xoʻjaligi vaziri — Daoʻlet Usakov. U bunga qadar Nukus tumani irrigatsiya boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat koʻrsatib kelgan[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Вазирликнинг вазифа ва функциялари“. Ўзбекистон Республикаси сув хўжалиги вазирлиги. 2021-yil 20-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Ўзбекистон Сув хўжалиги вазирлигида қатор тайинловлар амалга оширилди“. Bugun.uz. 2021-yil 20-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 10 март.
- ↑ „Қорақалпоғистон сув хўжалиги вазири тайинланди“. Bugun.uz. 2021-yil 20-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 14 март.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |