Kontent qismiga oʻtish

O‘rozkeldi Ersariyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
O‘rozkeldi Ersariyev
Tavalludi 1900-yil 6-mart
Atayab, Xiva xonligi
Vafoti

1978-yil 5-fevral (77 yosh)
Toshhovuz viloyati,

Turkamniston SSR
Fuqaroligi sovet
Kasbi siyosatchi
Partiyasi Sovet Ittifoqi Kommunistik partyasi
Mukofotlari Sotsialistik Mehnat Qahramoni, Lenin ordeni, Oktyabr Inqilobi ordeni, Mehnat Qizil Bayroq ordeni, „Shavkatli mehnat uchun“ medali

Oʻrozkeldi Ersariyev (1900-yil 6-mart, Atayab qishlogʻi, Xiva xonligi – 1978-yil 5-fevral, Toshhovuz viloyati, Turkmaniston SSR) – sovet kolxozlarida ishlab chiqarishining novatori, Turkmaniston SSR, Tashhovuz viloyati, Lenin tumani, Telman kolxoz raisi. Ikki karra Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1947-yil, 1957-yil)[1].

1900-yil 6-martda Xiva xonligining Atayab qishlogʻida (hozirgi Turkmanistonning Toshhovuz viloyati) kambagʻal dehqon oilasida tugʻilgan.

U faoliyatining dastlabki yillarida fermer boʻlib ishlagan. Sovet hokimyatining paydo boʻlishi bilan u bosmachilarga qarshi jangda qatnashgan. Soʻngra oʻzining tugʻilgan qishlogʻiga qaytib, u kolxazlashtirish ishlarida faol qatnashgan. U birinchilardan boʻlib Telman nomidagi kolxozga 1931-yildan brigadirlikka ishga kirgan va oradan koʻp oʻtmay rais oʻrinbosarligiga koʻtarilgan va bu lavozimda 1936-yilgacha ishlagan[1].

1937-yildan Telman nomidagi kolxoz raisi lavozimida ishlagan. Kolxoz oʻsha yili har bir gekataridan 14 sentner paxta xomashyosi olgan. Uning rahbarligida boshqa yillarda ham kolxoz barqaror va yuqori paxta hosiliga erishgan.

SSSR Oliy Soveti Prezdiumining 1947-yil 19-martdagi farmoni bilan 1946-yilda yuqori paxta hosili olgani uchun Oʻrozkeldi Ersariyev Lenin ordeni va Oʻroq va Bolgʻa oltin medali bilan birgalikda Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan[1].

1943-yildan Sovet Ittifoqi Kommunistik partyasi aʼzosi. Sovet Ittifoqi Kommunistik partyasi sezdlari delegati[2][3]. Turkmaniston Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi aʼzosi. SSSR Oliy Kengashining 2–6-chaqiriqlarida deputat sifatida ishtirok etgan[4].

1978-yil 5-fevralda vafot etgan.

Lenin ordeni (1944-yil 13-dekabr, 1947-yil 19-mart, 1947-yil 11-aprel, 1948-yil 5-aprel, 1950-yil 21-iyun, 1951-yil 30-iyun)

Oktyabr Inqilobi ordeni (1950-yil 28-yanvar)

Mehnat Qizil Bayroq (1950-yil 28-yanvar)

Sotisialistik Mehnat Qahramoni (1947-yil 19-mart)

„Shavkatli mehnat uchun“ medali (1959-yil 25-dekabr, 1965-yil 16-mart)[1]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „Эрсарыев Оразгельды. Сайт «Герои страны».“.
  2. „Материалы XXI съезда КПСС. Стенографический отчет.“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-oktyabr.
  3. „Делегаты Внеочередного XXI съезда КПСС 27.1 — 5.2.1959“. 2018-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-oktyabr.
  4. „Депутаты Верховного Совета СССР 4-го созыва 1954—1958“. 2013-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-oktyabr.