Kontent qismiga oʻtish

Oʻzbekistonnig tariyxiy obidalari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻzbekistonning tariyxiy obidalari-bu Oʻzbekistonning tarixin soʻzlovchi obidalar hisoblanadi.

Buxoroga asos solinishi qadim-qadimgi asrlar tubiga borib taqaladi. 1997-yilda YuNESKOning qaroriga ko’ra butun madaniy dunyo uning 2500-yilligini nishonlagan. Afsonalar shaharning paydo boʻlishini tarixiy shaxs obrazi bilan bogʻliq Zardushtiylik xudolaridan biri – Siyovush bilan bogʻlaydi. Buxoroning eng qadimiy qismi uning qal’asi – Ark hisoblanadi, bu yerda arxeologlar eramizdan avvalgi IV — III asrlarga oid boʻlgan ba’zi topilmalar borligini aniqlashdi. Bu balandligi 20 metr boʻlgan katta tepalik boʻlib, u yerda ilgari Buxoro amirining saroyi, uning harami, xazinasi, qurol-yarogʻ saqlanadigan xonalari, oʻta xavfli jinoyatchilar uchun zindon boʻlgan. Hozirgi paytda ular tiklanmoqda.Buxoroning eng qadimiy yodgorliklaridan biri X asrning boshida Somoniylar sulolasining asoschisi tomonidan qurilgan Ismoil Somoniy maqbarasidir. Maqbara usti yarim sfera shaklidagi gumbaz bilan yopilgan kub shaklidagi binodir. Somoniylar maqbarasi Orta Osiyoning me’morchiligida bizgacha yetib kelgan, pishiq gʻishtdan qurilgan birinchi bino boʻlib, bunda gʻishtlar ham qurilish uchun, ham bezatish uchun ishlatilgan [1].

Oʻrta asrlarda Buxoro Markaziy Osiyodagi barcha musulmonlarning muqaddas shahri boʻlgan, bunda nafaqat diniy hurmat-e’tibor, balki estetik tuygʻular ham ifodalanar edi. Buxoro shon-sharaf mujassam boʻlgan shahar deb hisoblanar edi, u yerda eng mashhur kishilar yigʻilar edi. Islomda Qurondan keyin ikkinchi oʻrinda turgan diniy kitob – eng haqqoniy hadislarning toʻplami boʻlgan «Al-jami as-sahih» ning muallifi Imom Al-Buxoriy edi. Abu Ali ibn Sino (Avitsenna) shaharga yaqin boʻlgan qishloqdan kelib chiqqan edi, u shaharda oʻz faoliyatini boshlagan. Islomda eng muqaddas shaxslardan biri shayx Bahovaddin Naqshband, sofilar ta’limotining asoschisi, buxorolik misgar edi. Shayxning goʻrini ziyorat qilish Makkaga borib bajarilgan haj marosimiga tenglashtirilgan. Bahovaddin Naqshbandning maqbarasi hozir ham shaharning eng muqaddas joyi deb hisoblanadi.

Buxorodan dunyoga taniqli boʻlgan tarixchi olim Narshaxiy, yirik shoirlar Rudakiy va Daqiqiylar kelib chiqqan. Lekin, ayni shu shaharda, odamlarning gap-soʻzlariga qaraganda xalqning sevimli namoyandasi, oʻtkir soʻzli «tinchlikni buzuvchi» latifagoʻy Xoʻja Nasriddin Afandi ham yashagan. Hazilkash donishmand Afandining latifalari va teran fikrlari son-sanoqsizdir.

Musulmon allomalari, mutafakkirlarining, me’morlarning va shoirlarning koʻp asrlik ijodiyoti tufayli shahar «Islom choʻqqisi», «Buxoroi Sharif», «Muqaddas shahar» faxrli unvonlariga musharraf boʻlgan. Oʻylaymizki, Buxoro shahri haqiqatan ham bu unvonlarning barchasiga loyiq.

Shu bilan birga shahar zamonaviy sanoat va madaniyat markazidir. Unda zamonaviy qurilgan aeroport, oliy oʻquv yurtlari, kollejlar, litseylar. Teatrlar, sport-sogʻlomlashtirish inshootlari va markazlari ham mavjud. Buxorodagi tariyxiy obidalarː

1. Ismoil Somoniy maqbarasi.

2. Minorai Kalon.

3. Magʻoki Attori masjidi.

4. Vobkent minorasi.

5. Namozgoh masjidi.

6. Chashmai Ayyub maqbarasi.

7. Bayonqulixon maqbarasi.

8. Ulugʻbek madrasasi.

9. Bahouddin Naqshband majmuasi.

10. Mir Arab madrasasi.

11. Qoʻshmadrasa majmuasi.

12. Baland masjidi.

13. Chor Bakr me’moriy majmuasi.

14. Xoʻja Zayniddin masjidi.

15. Koʻkaldosh madrasasi.

16. Nodir Devonbegi xonaqohi.

17. Abdulazizxon madrasasi[2].

Abdulazizxon madrasasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Buxorodagi me’moriy yodgorliklardan biri bo‘lgan Abdulazizxon madrasasi ashtarxoniylarning beshinchi vakili Abdulazizxonning buyrug‘i bilan me’mor Mimxoqon ibn Xo‘ja Muhammadamin tomonidan 1652-yilda qurilgan.

U o‘rta asrlarning songgi bosqichiga mansub bo‘lib, Buxorodagi Ulug‘bek madrasasi qarshisida qurilgan.

Uning qurilishiga homiylik qilgan Buxoro xoni Abdulazizxon (1614-yil Balx1681-yil Makka) Nodir Muhammadxonning katta o‘g‘li bo‘lgan. 1626-yildan Xuttalon hokimi, 1630-yildan esa Balxning g‘arbiy tumanlari hokimi fazifasida faoliyat yuritgan. 1645-yildagi fitna natijasida Buxoro xonligi taxtini egallagan. Abdulazizxon markaziy hokimiyatni mustahkamlashga harakat qilgan, mamlakat obodonchiligiga birmuncha hissa qo‘shgan. Buxoroda ko‘pgina muhtasham binolar qurdirgan (Abdulazizxon madrasasi va b.).

Madrasa tuzilishi oddiy va hujralari ikki oshyonli. Katta peshtoq nafis va nodir koshinkori naqshlar bilan ziynatlangan. Islimiy naqshlar qatorida afsonaviy jonivorlar tasviri ham berilgan. Madrasa hujralari, ayniqsa, janubiy ayvon peshtoqi turli-tuman naqshlar bilan bezatilgan. Gumbaz shipining ganchli muqarnaslari orasida islimiy naqshlar va zarhal bezagi bor. Naqshlar, asosan, moviy rang bo‘yoqlar bilan chizilgan. Asosiy o‘lchami: atrof aylanasi 50×67 m., hovli — 28×35 metr bo‘lgan. Madrasa XVII asrda Buxoro mahobatli me’morchiligining yetuk namunasidir.

Bugungi kunda madrasa hovlisida sayyohlar uchun milliy musiqa va folklor tomoshalari ko‘rsatiladi. Shimoliy-sharqiy burchagidagi miyonsaroyda Buxoro yog‘och o‘ymakorligi namunalaridan iborat ko‘rgazma tashkil etilgan.

1997-yil Buxoro shahrining 2500 yilligi munosabati bilan Buxorodagi barcha me’moriy inshootlar qatorida Abdulazizxon madrasasi ham qayta ta’mirdan chiqdi. YUNESKO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro‘yxatiga kiritildi[3].

Samarqand tarixiy obidalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1.Afrosiyob Shaharchasi

2.Ulugʻbek Rasadxonasi

3.Hazrati Xizr Masjidi

4.Bibixonim Majmuasi

5.Registon Maydoni

6.Tillakori Madrasasi;

7.Ruhobod Maqbarasi

8.Goʻri Amir Maqbarasi

9.Oqsaroy Maqbarasi

10.Doniyor (Daniel, Daniil) paygʻambar Maqbarasi

11.Xoʻja Ahrori Valiy Maqbarasi

12.Imom al-Buxoriy Maqbarasi

13.Imom al-Moturudiy Maqbarasi[4].