Kontent qismiga oʻtish

Oʻzbekiston tibbiyot oliygohlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻzbekiston tibbiyot oliygohlari — Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan, tibbiyot yoʻnalishida malakali kadrlar tayyorlaydigan oliy taʼlim muassasalari boʻlib, asosan sogʻliqni saqlash, aholiga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish va shifokorlar taʼlim oladigan taʼlim muassasalari hisoblanadi[1][2]. Mazkur tibbiyot taʼlim muassasalari asosan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufida boʻlib, ularning koʻrsatma va buyruqlari asosida tashkilotchilik, jamoatchilik, tibbiy-ilmiy va ijtimoiy hizmatlar boʻyicha oʻz dastur va tuzilmalariga egadir[3][4].

Davlat tasarrufidagi tibbiyot oliygohlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi kunda Respublika hududida 11 ta davlat tibbiyot oliy taʼlim muassasalari, bir nechta xususiy va xorijiy tibbiyot oliy taʼlim muassasalari filiallari faoliyat yuritadi[5]. Respublikada mavjud boʻlgan tibbiyot oliy taʼlim muassasalaridan:

  • Akademiyalar: 1 ta
  • Universitetlar: 1 ta
  • Institutlar: 7 ta
  • Filiallar: 2 ta
Akademiya darajadagi tibbiyot OTM
Akademiya nomi Hududi Manba
1 Toshkent tibbiyot akademiyasi Toshkent [6]
Universitet darajadagi tibbiyot OTM
Universitet nomi Hududi Manba
1 Samarqand davlat tibbiyot universiteti Samarqand [7]
Institut darajadagi tibbiyot OTM
Institut nomi Hudud Manba
1 Andijon davlat tibbiyot instituti Andijon [8]
2 Buxoro davlat tibbiyot instituti Buxoro [9]
3 Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Fargʻona [10]
4 Qoraqalpogʻiston tibbiyot instituti Qoraqalpogʻiston Respublikasi [11]
5 Toshkent farmatsevtika instituti Toshkent [12]
6 Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Toshkent [13]
7 Toshkent davlat stomatologiya instituti Toshkent [14]

Oliygoh filiallari

Davlat tibbiyot oliygoh filiallari
Filial nomi Hudud Asosiy talim muassasasi Manba
1 TTA Urganch filiali Xorazm Toshkent tibbiyot akademiyasi [15]
2 TTA Termiz filiali Surxondaryo Toshkent tibbiyot akademiyasi [16]
3 TTA Chirchiq filiali Toshkent viloyati Toshkent tibbiyot akademiyasi

Xorijiy tibbiyot OTM filiallari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xorijiy tibbiyot oliy taʼlim muassasalaridan:

  • Universitetlar: 1 ta
  • Institutlar: 1 ta
Xorijiy Tibbiyot OTM nomi
OTM nomi Davlat Manba
1 "N. I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali Rossiya Federatsiyasi [17]
2 Toshkent shahridagi YEOJU texnika instituti Janubiy Koreya [18]

Xususiy tibbiyot OTM

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xususiy tibbiyot OTMdan:

  • Universitetlar: 4 ta
  • Institutlar: 2 ta
Xususiy tibbiyot OTM
OTM nomi
1 Akfa universiteti
2 Central Asian medical university
3 European medical university
4 Farmatsevtika taʼlim va tadqiqoqt instituti
5 Impuls tibbiyot instituti
6 EMU University

Oʻzbekistonda tibbiyot taʼlim dargohlari oʻziga xos uzoq, koʻp va turli xil hamda, baʼzi nomaʼlum tarixiga ega. Oʻzbekistonda dastlab 1918-yilda Toshkentda dastlabki tibbiyot oʻquv yurti — hozirgi Oxunboboyev nomidagi Respublika tibbiyot kolleji boʻlib, oradan bir yil oʻganidan soʻng, oliy tibbiyot maktabi ochildi, hamda, mazkur tibbiyot oliy maktabida feldsherlik va qisqa muddat o‘qitiladigan jarrohlik kurslari tashkil etildi. 1920-yilga kelib Oliy tibbiyot maktabi Oʻrta Osiyo davlat univensiteti tarkibidagi tibbiyot fakul’tetiga aylantirildi. Bu fakul’tetda oʻqishga yoshlarni tayyorlash uchun Respublikaning koʻpgina shaharlarida ishchi fakul’tetlari ochilib, ularga oʻzbek hamda boshqa mahalliy aholi faol yoshlari jalb etildi.

  1. „Медицинские институты“. www.mku.uz. Qaraldi: 19-iyun 2023-yil.
  2. „Медицинские вузы Узбекистана“. www.youni.world.ru (2021-yil 16-avgust). Qaraldi: 19-iyun 2023-yil.
  3. „Prezident Farmoni: Sog‘liqni saqlash tizimi tubdan takomillashtiriladi“. www.xabar.uz. XABAR.UZ rasmiy sayti. Qaraldi: 19-iyun 2023-yil.
  4. „Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida“. xs.uz. Xalq so'zi (23:36 07 dekabr 2018). 2023-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-iyun 2023-yil.
  5. „O’zbekistondagi OTMlari ro’yxati“. www.malumot.ru. Malumotlar bazasi (14 апреля, 2021). Qaraldi: 19-iyun 2023-yil.
  6. „TTA“. www.tma.uz. TMA. Qaraldi: 19-iyun 2023-yil.
  7. „Самаркандский государственный медицинский университет“. www.sammu.uz. SamDTU. Qaraldi: 19-iyun 2023-yil.
  8. „Andijon davlat tibbiyot instituti“. www.adti.uz.uz. Andijon davlat tibbiyot instituti. Qaraldi: 19-iyun 2023-yil.
  9. „Buxoro davlat tibbiyot instituti“. www.bsmi.uz. Buxoro davlat tibbiyot instituti. Qaraldi: 19-iyun 2023-yil.
  10. „Institut haqida“. www.fjsti.uz. Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot insituti. Qaraldi: 19-iyun 2023-yil.
  11. „Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti“. www.mentalaba.uz. Mentalaba rasmiy sahifasi. Qaraldi: 19-iyun 2023-yil.[sayt ishlamaydi]
  12. „Toshkent farmatsevtika instituti“. www.pharmi.uz. Toshkent farmatsevtika instituti. Qaraldi: 19-iyun 2023-yil.
  13. „ToshPTI haqida“. www.tashpmi.uz. Toshkent pediatriya tibbiyot instituti. Qaraldi: 19-iyun 2023-yil.
  14. „Institut haqida“. www.tsdi.uz. Toshkent Davlat Stomatologiya Instituti. Qaraldi: 19-iyun 2023-yil.
  15. „Filial haqida“. www.urgfiltma.uz. TTA Urganch filiali. Qaraldi: 8-iyul 2023-yil.
  16. „Filial haqida“. www.ttatf.uz. TTA Termiz filiali. Qaraldi: 8-iyul 2023-yil.
  17. „ozbekistonda-rossiya-milliy-ilmiy-tekshirish-tibbiyot-universitetining-filiali-ochiladi“. www.daryo.uz. Daryo UZ rasmiy kanali. Qaraldi: 19-iyun 2023-yil.
  18. „Toshkentdagi Webster universiteti“. www.grantgo.uz. GrandGO. Qaraldi: 19-iyun 2023-yil.