Kontent qismiga oʻtish

Oʻzbekiston pochta markalari (1999)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻzbekiston pochtasi 1999-yilda uch xil rangda davlat gerbi tasvirlangan standart markalar, „Oʻzbekiston temir yoʻl transporti tarixi“, „Qorabayirlar“, „Badal qorachi“ nomli oʻzbek xalq ertagi“, „Oʻzbekiston hayvonot dunyosi (sudralib yuruvchilar)“, „Oʻzbekistonning yirtqich qushlari“, „Futbol“, „Ibtidoiy davrdagi hayvonlar“ nomli turkum markalar va „Umumjahon pochta ittifoqining 125 yilligi“, „Muhammadrizo Erniyozbek oʻgʻli Ogahiy“ deb nomlangan yubiley markalar chop etgan. Turkumli markalar koʻp rangli hisoblansa, Gerbli standart va yubiley markalar ikki rangdan iboratdir.

Oʻzbekiston gerbi aks etgan standart markalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
T.r. Mi Tasviri Tavsifi Nominali Sanasi Adadi (dona) Oʻlch. (mm) Rassom/
dizayner
M
1  (Mi #UZ 165II) Oʻzbekiston gerbi 3 soʻm 11-avgust 5 000 000 18,5 x 26 Valentin Nikitin [1]
2  (Mi #UZ 166II) 6 soʻm 29-aprel 10 000 000


[1]
3  (Mi #UZ 185) 22-mart 330 000 [1]

„Oʻzbekiston temir yoʻl transporti tarixi“ turkumi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Oʻzbekiston temir yoʻl transporti tarixi“ turkumi Oʻzbekiston hududida temir yoʻl transporti rivojlanishi tarixiga bagʻishlangan. Markalarda Oʻzbekiston hududida turli yillarda foydalanilgan ransport turlari aks etgan, ularning nomlari oʻzbek tilida yozilgan. Ushbu turkum 7 xil tasvirli markani oʻz ichiga olgan. Bitta varaqda 50 ta marka joylashgan. Markalar oʻlchami 26x37 mm. Perforatsiyasi taroqsimon[2].

T.r. Mi Tasviri Tavsifi Nominali Sanasi Adadi (dona) Oʻlch. (mm) Rassom/
dizayner
M
4  (Mi #UZ 186) OV yuk parovozi (1897–1917) 18 soʻm 11-may 20 000 37 x 26 O. Baklikova [1]
5  (Mi #UZ 187) EA yuk parovozi (1931–1935) [1]
6  (Mi #UZ 188) FD yuk parovozi (1931–1941) 28 soʻm [1]
7  (Mi #UZ 189) SO yuk parovozi (1934–1952) 36 soʻm [1]
8  (Mi #UZ 190) KCh parovozi 56 soʻm [1]
9  (Mi #UZ 191) VL-22 elektrovozi [1]
10  (Mi #UZ 192) TEP-60 passajir teplovozi 69 soʻm [1]

„Qorabayirlar“ turkumi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qorabayir ot zoti qadimgi moʻgʻul, turkman, arab nasldor ot zotlarini chatishtirish orqali Markaziy Osiyo hududida yetishtirilgan ot zotidir. Bu otlar Oʻzbekistonda milliy sport oʻyinlarida qatnashib keladi. Markalar varagʻida 8 ta marka joylashtirilgan boʻlib, unda uchta marka ketma-ket almashib kelgan. Varaq hoshiyasida ot abzali koʻrinishida naqshlar mavjud. Varaqning pastki qismida oʻzbek tilida „Qorabayirlar“ deb yozilgan. Markalar bir necha xil rangda ishlangan, ofset usulida bosilgan. Oʻlchami: 42x30 mm. Perforatsiyasi taroqsimon[3].

T.r. Mi Tasviri Tavsifi Nominali Sanasi Adadi (dona) Oʻlch. (mm) Rassom/
dizayner
M
11  (Mi #UZ 193) Qorabayirlar 18 soʻm 25-may 20 000 30 x 42 A. Aliqulov [1]
12  (Mi #UZ 194) 28 soʻm 42 x 30 [1]
13  (Mi #UZ 195) 36 soʻm [1]
14  (Mi #UZ 196) 69 soʻm [1]
-  (Mi #UZ 194-196KB) „Qorabayirlar“ turkumining umumiy koʻrinishi 373 soʻm 134 x 195 [1]
15  (Mi #UZ 197)
 (Mi #UZ BL 19)

„Qorabayirlar“ blokli markasi 75 soʻm 10 000 m: -
bl: 91 x 70
[1][4]

„Badal qorachi“ nomli oʻzbek xalq ertagi“ turkumi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu turkum „Badal qorachi“ nomli oʻzbek xalq ertagiga bagʻishlangan. Ertak uch dovyurak aka-uka haqida. Badal qorachi kenja ukaning ukaning ismi. Ertak baxt va haqiqat uchun kurash mavzusidadir. „Badal qorachi“ markalar turkumi 1 ta kupon, 7 ta marka va 1 blokdan iborat. Markalar bir necha rangli, ofset usulida silliq qogʻozga bosilgan. Markalar oʻlchami 30x42 mm[5].

T.r. Mi Tasviri Tavsifi Nominali Sanasi Adadi (dona) Oʻlch. (mm) Rassom/
dizayner
M
16  (Mi #UZ 198) „Badal qorachi“ nomli oʻzbek xalq ertagi 9 soʻm 8-iyun 20 000 30 x 42 V. Shumilov [1]
17  (Mi #UZ 199) 12 soʻm [1]
18  (Mi #UZ 200) 15 soʻm [1]
19  (Mi #UZ 201) [1]
20  (Mi #UZ 202) 20 soʻm [1]
21  (Mi #UZ 203) [1]
22  (Mi #UZ 204) 25 soʻm [1]
-  (Mi #UZ 198-204KB) „Badal qorachi“ nomli oʻzbek xalq ertagi“ turkumining umumiy koʻrinishi 281 soʻm 164 x 123 [1]
23  (Mi #UZ 205)
 (Mi #UZ BL 21)

„Badal qurachi“ nomli oʻzbek xalq ertagi“ blokli markasi 75 soʻm 10 000 m: -
bl: 89 x 70
[1][6]

„Oʻzbekiston hayvonot dunyosi (sudralib yuruvchilar)“ turkumi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Oʻzbekiston hayvonot dunyosi (sudralib yuruvchilar)“ turkumiga Oʻzbekiston hududida yashovchi noyob sudralib yuruvchilar kiritilgan. Ushbu turkum 7 ta marka, 1 blokdan iborat. Sudralib yuruvchilarning nomi lotin tilida yozilgan. Markalar bir necha ranglarda ishlangan, oq silliq qogʻozga ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon[7].

T.r. Mi Tasviri Tavsifi Nominali Sanasi Adadi (dona) Oʻlch. (mm) Rassom/
dizayner
M
24  (Mi #UZ 206) Trapelus sanguinolentus 56 soʻm 22-iyun 20 000 30 x 42 A. Aliqulov [1]
25  (Mi #UZ 207) Eremias arguta 18 soʻm 42 x 30 [1]
26  (Mi #UZ 208) Vipera ursinii [1]
27  (Mi #UZ 209) Phrynocephalus mystaceus 28 soʻm [1]
28  (Mi #UZ 210) Agkistrodon halys 36 soʻm [1]
29  (Mi #UZ 211) Eumeces schneideri 56 soʻm [1]
30  (Mi #UZ 212) Vipera lebetina 69 soʻm [1]
-  (Mi #UZ 207-212KB) „Oʻzbekiston hayvonot dunyosi. Sudralib yuruvchilar“ turkumining umumiy koʻrinishi 225 soʻm 184 x 110 [1]
31  (Mi #UZ 213)
 (Mi #UZ BL 22)

„Oʻzbekiston hayvonot dunyosi. Sudralib yuruvchilar“ suvenir blokli markasi 75 soʻm 10 000 m: -
bl: 70 x 90
[1][8]

„Umumjahon pochta ittifoqining 125 yilligi“ markasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu marka 1874-yilda Shveysariyaning Bern shahrida tashkil etilgan Umumjahon pochta ittifoqining 125 yillik yubileyiga bagʻishlangan. Oʻzbekiston ushbu ittifoqqa 1994-yil oktyabrida aʼzo boʻlgan. Marka ikki xil rangli, oq silliq qogʻozga ofset usulida bosilgan. Oʻlchami 26x37 mm. Perforatsiyasi taroqsimon[9].

T.r. Mi Tasviri Tavsifi Nominali Sanasi Adadi (dona) Oʻlch. (mm) Rassom/
dizayner
M
32  (Mi #UZ 214) Umumjahon pochta ittifoqining 125 yilligi 45 soʻm 9-iyul 20 000 26 x 37 Y. Gabzalilov [1]

„Muhammadrizo Erniyozbek oʻgʻli Ogahiy“ markasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mazkur marka shoir, tarixchi va tarjimon Ogahiy (1809–1874) tavalludining 190 yilligiga bagʻishlangan. Marka ikki xil rangda, oq silliq qogʻozga ofset usulida bosilgan. Oʻlchami: 30x42 mm, Perforatsiyasi taroqsimon[10].

T.r. Mi Tasviri Tavsifi Nominali Sanasi Adadi (dona) Oʻlch. (mm) Rassom/
dizayner
M
33  (Mi #UZ 215) Muhammadrizo Erniyozbek oʻgʻli Ogahiy tavalludining 190 yilligi 30 soʻm 21-iyul 30 x 42 S. Sharipov [1]

„Oʻzbekistonning yirtqich qushlari“ turkumi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston faunasida 39 turdagi yirtqich qush boʻlib, ularning koʻpi „Qizil kitob“ga kiritilgan. „Oʻzbekistonning yirtqich qushlari“ markalar turkumiga noyob, ehtiyotlanadigan qushlardan baʼzilarining tasviri kiritilgan. Markalarda qushlarning nomi lotin tilida yozilgan. Mazkur turkum 7 ta pochta markasi hamda 1 ta pochta blokini oʻz ichiga oladi. Markalar bir necha xil rangda ishlangan[11].

T.r. Mi Tasviri Tavsifi Nominali Sanasi Adadi (dona) Oʻlch. (mm) Rassom/
dizayner
M
34  (Mi #UZ 216) Falco tinnunculus 15 soʻm 22-oktyabr 20 000 30 x 42 M. Gayubova [1]
35  (Mi #UZ 217) Circaetus gallicus [1]
36  (Mi #UZ 218) Gyps fulvus 18 soʻm [1]
37  (Mi #UZ 219) Aquila chrysaetos [1]
38  (Mi #UZ 220) Falco cherrug 36 soʻm [1]
39  (Mi #UZ 221) Gypaetus barbatus 56 soʻm [1]
40  (Mi #UZ 222) Pandion haliaetus 60 soʻm [1]
41  (Mi #UZ 223)
 (Mi #UZ BL 23)

„Oʻzbekistonning yirtqich qushlari“ suvenir blokli markasi 75 soʻm 10 000 m: -
bl: -
[1][12]

„Futbol“ turkumi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futbolga bagʻishlangan ushbu turkum 7 ta marka va 1 blokdan tashkil topgan. Markalarda futbolchilarning oʻyinning turli vaqtlardagi koʻrinishlari aks ettirilgan. Markalar bir necha ranglarda ishlangan. Ofset usulida chop etilgan. Perforatsiyasi taroqsimon[13].

T.r. Mi Tasviri Tavsifi Nominali Sanasi Adadi (dona) Oʻlch. (mm) Rassom/
dizayner
M
42  (Mi #UZ 224) „Futbol“ oʻyini vaqtida boʻladigan turli holatlar 15 soʻm 8-noyabr 20 000 30 x 42 A. Aliqulov [1]
43  (Mi #UZ 225) 18 soʻm [1]
44  (Mi #UZ 226) 28 soʻm [1]
45  (Mi #UZ 227) [1]
46  (Mi #UZ 228) 36 soʻm [1]
47  (Mi #UZ 229) 56 soʻm [1]
48  (Mi #UZ 230) 69 soʻm [1]
49  (Mi #UZ 231)
 (Mi #UZ BL 24)

„Futbol“ suvenir blokli markasi 75 soʻm 10 000 m: -
bl: -
[1][14]

„Ibtidoiy davrdagi hayvonlar“ turkumi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu turkumdan Yerda asosan muzlik davrigacha, issiq va nam iqlimda, tropik oʻrmonlarda yashagan ulkan yirtqich va oʻtxoʻr jonivorlar tasviri oʻrin olgan. Turkum 8 ta markadan iborat. Markalar bir necha xil rangda ishlangan. Oq silliq qogʻozga ofset usulida chop etilgan[15].

T.r. Mi Tasviri Tavsifi Nominali Sanasi Adadi (dona) Oʻlch. (mm) Rassom/
dizayner
M
50  (Mi #UZ 232) Meganeura 28 soʻm 13-dekabr 20 000 - V. Shumilov [1]
51  (Mi #UZ 233) Mesosaurus [1]
52  (Mi #UZ 234) Rhamphorhynchus 36 soʻm [1]
53  (Mi #UZ 235) Styracosaurus albertensis [1]
54  (Mi #UZ 236) Trachodon annectens 56 soʻm [1]
55  (Mi #UZ 237) Tarbosaurus bataar [1]
56  (Mi #UZ 238) Arsinoitherium 69 soʻm [1]
57  (Mi #UZ 239) Phororhacos 75 soʻm [1]
-  (Mi #UZ 232-239KB) „Ibtidoiy davrdagi hayvonlar“ turkumining umumiy koʻrinishi 384 soʻm 172,5 x 136 [1][16]
  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 1,14 1,15 1,16 1,17 1,18 1,19 1,20 1,21 1,22 1,23 1,24 1,25 1,26 1,27 1,28 1,29 1,30 1,31 1,32 1,33 1,34 1,35 1,36 1,37 1,38 1,39 1,40 1,41 1,42 1,43 1,44 1,45 1,46 1,47 1,48 1,49 1,50 1,51 1,52 1,53 1,54 1,55 1,56 1,57 1,58 1,59 1,60 „Stamps“. colnect.com. Qaraldi: 16-avgust 2024-yil.
  2. „185. O'zbekistonda temir yo`l transporti tarixi" pochta markalari turkumi.“. uz.post. Qaraldi: 21-avgust 2024-yil.
  3. „196. "Qorabayirlar"pochta markalari turkumi.“. uz.post. Qaraldi: 21-avgust 2024-yil.
  4. „Korabajiry Horse (Equus ferus caballus)“. solbery.com. Qaraldi: 22-avgust 2024-yil.
  5. „197-204 "Badal qorachi" pochta turkumi.“. uz.post. Qaraldi: 21-avgust 2024-yil.
  6. „Djin and Princess on Couch“. solbery.com. Qaraldi: 22-avgust 2024-yil.
  7. „212. "Ozbekiston havonot dunyosi.Sudralib yuruvchilar"pochta markalar turkumi“. uz.post. Qaraldi: 22-avgust 2024-yil.
  8. „Steppe Agama (Trapelus sanguinolentus)“. solbery.com. Qaraldi: 22-avgust 2024-yil.
  9. „213. "Umumjahon pochta ittifoqining 125 yilligi"“. uz.post. Qaraldi: 22-avgust 2024-yil.
  10. „214.Muhammadrizo erniyozbek o`g`li-ogahiy"pochta markasi“. uz.post. Qaraldi: 22-avgust 2024-yil.
  11. „223. O`zbekistonning yirtqich qushlari" pochta markalari turku“. uz.post. Qaraldi: 21-avgust 2024-yil.
  12. „Steppe Agama (Trapelus sanguinolentus)“. solbery.com. Qaraldi: 22-avgust 2024-yil.
  13. „197-204 231. "Futbol" pochta markalari turkumi.“. uz.post. Qaraldi: 21-avgust 2024-yil.
  14. „Player with Arms Outstretched“. solbery.com. Qaraldi: 22-avgust 2024-yil.
  15. „232. "Ibtidoiy davrdagi hayvonlar" pochta markalari turkumi“. uz.post. Qaraldi: 21-avgust 2024-yil.
  16. „Prehistoric Animals“. solbery.com. Qaraldi: 22-avgust 2024-yil.