Oʻzbekiston milliy universiteti Jizzax filiali
Xalqaro nomi |
Jizzakh branch of the National University of Uzbekistan |
---|---|
Turi | Universitet |
Asos solingan sanasi | 2019-yil |
Prezidenti | Shavkat Mirziyoyev |
Rektori | Turakulov Olim Xolbutayevich[1] |
Fakultetlar | 2 ta [2] |
Talabalari | 4244 dan ortiq[3] |
Bakalavriat | 4 yil |
Magistratura | 2 yil |
Doktorantura | 3 yil |
Fan doktorlari | 48 |
Professorlari | 136 |
Manzili |
Jizzax viloyati, Jizzax shahri Sh.Rashidov shox ko'chasi, 259-uy , Jizzax , Oʻzbekiston |
Veb-sayti | jbnuu.uz |
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali – Oʻzbekiston Respublikasi Jizzax viloyati, Jizzax shahrida joylashgan oliy taʼlim muassasasi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yilning 30-31 yanvar kunlari Jizzax viloyatiga tashrifi davomida bildirgan takliflari va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-iyuldagi 563-sonli qarori hamda Jizzax viloyat hokimining 2019-yil 10-iyuldagi 261-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan[4].
2019-2020-oʻquv yilida filialda davlat buyurtmasi asosida oʻqishga qabul qilish parametrlari OʻzR taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasining qaroriga muvofiq Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filialining 2019-2020 oʻquv yiliga toʻrtta taʼlim yoʻnalishi boʻyicha qabul rejasi quyidagicha tasdiqlangan:
- Psixologiya (oila psixologiyasi)
- Psixologiya (yoshlar psixologiyasi)
- Amaliy matematika va informatika
- Informatika va axborot texnologiyalari
Filialda tanlov asosida taʼlim sohasida katta amaliy tajribaga ega boʻlgan mutaxassislardan iborat yuqori malakali professor-oʻqituvchilar bilan taʼminlash maqsadida OAK tomonidan 30 nafar yuqori malakali professor-oʻqituvchilar nomzodlari yuborilgan, bulardan texnika fanlari doktori, dotsent Raximov Nodir Odilovich, oʻquv va tarbiyaviy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari, texnika fanlari doktori, professor Axatov Akmal Rustamovich, ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha filial direktor oʻrinbosari, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori Nosirov Bunyod Oʻralovich psixologiya kafedrasi mudiri lavozimlariga belgilangan tartib asosida tayinlangan.
Shu bilan bir qatorda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti „Falsafa va mantiq“ kafedrasi professori Shermuhammedova Nigina Aslanovna, Samarqand Davlat universiteti „Differensial tenglamalar“ kafedrasi mudiri fizika-matematika fanlari doktori, professor H.Hasanovlar ham belgilangan tartib asosida ishga qabul qilindi.
Xorijiy davlatlarning etakchi oliy taʼlim muassasalari bilan, jumladan, psixologiya sohasi boʻyicha yetakchi kadrlar tayyorlash maqsadida Rossiya Federatsiyasining Qozon federal universiteti bilan hamkorlikda (3+1) qoʻshma taʼlimi dasturi doirasida 2019-2020 oʻquv yili uchun qabul rejasi 25 nafar etib belgilandi va 87 nafar abiturientlar hujjat va kirish imtihonlarini topshirdi.
Filial va Rossiya Federatsiyasining Qozon federal universiteti oʻrtasida ikki tomonlama diplom berish hamda oʻquv jarayonlarini tashkil etish boʻyicha shartnoma imzolandi.
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti bilan hamkorlikda filialga tanlov asosida, shu jumladan, psixologiya sohasida katta amaliy tajribaga ega boʻlgan mutaxassislardan iborat yuqori malakali professor-oʻqituvchilar jalb qilinmoqda.
Rossiya Federatsiyasining etakchi oliy taʼlim muassasalari va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan psixologiyaning ilmiy vazifalarini xal etishga yoʻnaltirilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish boʻyicha hamkorlik aloqalarini oʻrnatish istiqbolli vazifa sifatida rejalashtirilgan.
Boshqaruv [5]
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Turakulov Olim Xolbutayevich - Oʻzbekiston milliy universiteti Jizzax filiali rektori
- Baboev Alijon Madaminovich-Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari
- Abduraxmanov Ravshan Anarbayevich-O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari
- O‘ralov Abdumannon Iskandarovich-Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari
- Eshonqulov Bunyod Saydullayevich-Ishlar boshqarmasi boshlig'i
Fakultetlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy Universiteti Jizzax filialida 2 ta fakultet mavjud:
Amaliy matematika fakulteti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Respublika fan, taʼlim sohalari va real iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlariga muvofiq Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetining Jizzax filialida 2019-2020 oʻquv yilida toʻrtta taʼlim yoʻnalishi: Psixologiya (oila psixologiyasi), Psixologiya (yoshlar psixologiyasi), Amaliy matematika va informatika, Informatika va axborot texnologiyalari boʻyicha yuqori malakali kadrlarni xalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlash maqsadida Amaliy matematika fakultetida 2019-yildan oʻqish jarayonlari tashkil etildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yilning 30-31-yanvar kunlari Jizzax viloyatiga tashrifi davomida bildirgan takliflari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-iyuldagi 563-sonli qarori hamda viloyat hokimining 2019-yil 10-iyuldagi 261-sonli qaroriga asosan Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali tashkil etildi. Dastlab, Filial tarkibida „Amaliy matematika“ fakulteti oʻz faoliyatini boshlagan[6].
Hozirgi kunda „ Amaliy matematika“ fakulteti tarkibida 4 ta kafedra mavjud:
1. „Amaliy matematika“ kafedrasi (Kafedra mudiri:Sharipova Sadoqat Fazliddinovna)
2. „Kompyuter ilmlari va dasturlashtirish“ kafedrasi (Kafedra mudiri: Qayumov Oybek Achilovich)
3. „Biotexnologiya“ kafedrasi (Kafedra mudiri: Oʻralov Abdumannon Iskandarovich)
4. „Iqtisodiyot“ kafedrasi (Kafedra mudiri:Muxtorov Botir Abdusattarovich)
Fakultetda 8 ta kunduzgi taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha bakalavrlar tayyorlanadi:
– 5130200 Amaliy matematika yoʻnalishi;
– 5330100 Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yoʻnalishlar boʻyicha) yoʻnalishi;
– 5330200 Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) yoʻnalishi;
– 5330300 Axborot xavfsizligi (sohalar boʻyicha) yoʻnalishi;
– 5230100 Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) yoʻnalishi;
– 5320500 Biotexnologiya (tarmoqlar boʻyicha) yoʻnalishi;
– 5130200 Amaliy matematika va informatika yoʻnalishi;
– 5330200 Informatika va axborot texnologiyalari yoʻnalishi.
Fakultetda 2 ta sirtqi taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha bakalavrlar tayyorlanadi:
– 5330200 Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) yoʻnalishi;
– 5230100 Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) yoʻnalishi;
Fakultetda 6 nafar fan doktori, 2 nafar falsafa fanlari doktori (PhD) va 10 nafar professor oʻqituvchilar faoliyat koʻrsatib kelmoqda.
Psixologiya fakulteti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yilning 30-31 yanvar kunlari Jizzax viloyatiga tashrifi davomida bildirgan takliflari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-iyuldagi 563-sonli qarori hamda viloyat hokimining 2019-yil 10-iyuldagi 261-sonli qaroriga asosan filial tarkibida 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab „Psixologiya“ fakulteti oʻz faoliyatini olib bormoqda[7].
Hozirgi kunda fakultet tarkibida 2 ta kafedra faoliyat koʻrsatadi:
1. „Psixologiya va gumanitar fanlar“ kafedrasi (Kafedra mudiri:Nosirov Bunyod Oʻrolovich)
2. „Oʻzbek tili va adabiyoti“ kafedrasi (Kafedra mudiri:Jabborov Ulugʻbek Abduraxmonovich)
Fakultetda 4 ta kunduzgi taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha bakalavrlar tayyorlanadi.
1. 5120100 – Filologiya va tillarni oʻqitish (ingliz tili) yoʻnalishi.
2. 5210205 – Oila psixologiyasi yoʻnalishi.
3. 5210204 – Yoshlar psixologiyasi yoʻnalishi.
4. 5210209 – Psixologiya yoʻnalishi (3+1 KFU qoʻshma taʼlim dasturi).
Fakultetda 1 ta sirtqi taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha bakalavrlar tayyorlanadi.
1. 5210200 – Psixologiya (faoliyat va turlari boʻyicha) yoʻnalishi.
Fakultet kafedralari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Amaliy matematika va informatika kafedrasi
- Psixologiya kafedrasi
- Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi
- Xorijiy tillar kafedrasi
- Ijtimoiy fanlar kafedrasi
- Amaliy matematika kafedrasi
- Iqtisodiyot kafedrasi
- Kompyuter ilmlari va dasturlash kafedrasi
- Biotexnologiya kafedrasi
Bakalavr yoʻnalishlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kunduzgi
[tahrir | manbasini tahrirlash]№ | Shifr | Taʼlim yoʻnalishi nomi |
---|---|---|
1 | 5130200 | Аmaliy matematika yo‘nalishi; |
2 | 5330100 | Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo‘nalishlar bo‘yicha) yo‘nalishi |
3 | 5330200 | Аxborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) yo‘nalishi |
4 | 5330300 | Аxborot xavfsizligi (sohalar bo‘yicha) yo‘nalishi |
5 | 5230100 | Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) yo‘nalishi |
6 | 5320500 | Biotexnologiya (tarmoqlar bo‘yicha) yo‘nalishi |
7 | 5130200 | Аmaliy matematika va informatika yo‘nalishi |
8 | 5330200 | Informatika va axborot texnologiyalari yo‘nalishi |
9 | 5120100 | Filologiya va tillarni oʻqitish (ingliz tili) yo‘nalishi |
10 | 5210205 | Oila psixologiyasi yo‘nalishi |
11 | 5210204 | Yоshlar psixologiyasi yo‘nalishi |
12 | 5210209 | Psixologiya yo‘nalishi (3+1 KFU qoʻshma ta’lim dasturi) |
Sirtqi
[tahrir | manbasini tahrirlash]№ | Shifr | Taʼlim yoʻnalishi nomi |
---|---|---|
1 | 5330200 | Аxborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) yo‘nalishi |
2 | 5230100 | Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) yo‘nalishi |
3 | 5210200 | Psixologiya (faoliyat va turlari boʻyicha) yo‘nalishi |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ https://www.jbnuu.uz/leaders (16-mart 2024-yil)
- ↑ https://jbnuu.uz/faculties (15-mart 2024-yil)
- ↑ https://www.jbnuu.uz/
- ↑ https://jbnuu.uz/post/236 (15-mart 2024-yil)
- ↑ https://www.jbnuu.uz/leaders.(16.04.2024)[sayt ishlamaydi]
- ↑ https://www.jbnuu.uz/faculties/amaliymat
- ↑ https://www.jbnuu.uz/faculties/psixology (16-mart 2024-yil)