Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti | |
---|---|
Institut logotipi (2017) | |
Institut binosi (2022) | |
Xalqaro nomi | Legislation and Parliamentary Research Institute under the Oliy Majlis of the Republic of Uzbekistan |
Asos solingan | 2017-yil |
Direktori | Otaxonov Foziljon Xaydarovich |
Manzili | 100066. Toshkent sh., Furqat ko‘ch., 171-uy |
Vebsayti | lpri.uz |
Koordinatalari | 41.302850°0′0″N 69.248458°0′0″E / 41.30285°N 69.24846°E |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti davlat ilmiy-tadqiqot ekspert muassasasi bo‘lib, u o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga hisobdordir.
Institut tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni bajarish hamda parlament, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari faoliyatini ilmiy, axborot-tahliliy jihatdan ta’minlash samaradorligini oshirish, parlamentning qonun ijodkorligi ishlari sifatini tubdan yaxshilash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2017-yil 29-dekabrdagi 1399-III/QQ-283-III-sonli Qo‘shma qarori asosida tashkil etildi.
Institutning asosiy vazifalari va funksiyalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Institutning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
[tahrir | manbasini tahrirlash]- qonunchilik muammolarini va huquqni qo‘llash amaliyotini tahlil qilish, qonun ijodkorligining ilmiy asoslarini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish va qabul qilingan qonunlarning amaldagi ta’sirini o‘rganish;
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, deputatlar va senatorlar faoliyatini ilmiy, axborot-tahliliy jihatdan ta’minlash, ularning professionallik darajasini oshirishga ko‘maklashish;
- huquq, siyosat, iqtisodiyot va boshqa sohalarda ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, ilg‘or xalqaro tajribani hisobga olgan holda qonunchilikni rivojlantirishning ilmiy konsepsiyalarini ishlab chiqish;
- parlamentarizm, xalqaro parlamentlararo tashkilotlar va xorijiy parlamentlar ishi tajribasini o‘rganish natijalari asosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining faoliyatini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish;
- milliy qonunchilikning xalqaro normalar va standartlarga muvofiqligini o‘rganish, ularni implementasiya qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqish hamda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini bajarilishini o‘rganib borish.
Institut o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni quyidagi funksiyalarni amalga oshirish yo‘li bilan bajaradi:
[tahrir | manbasini tahrirlash]- qonun hujjatlarini, ularning amalda ro‘yobga chiqarilishini tahlil qiladi, nomuvofiqliklar, qarama-qarshiliklar, huquqiy bo‘shliqlarni aniqlaydi;
- qonun loyihalari va amaldagi qonunlar bo‘yicha jamoatchilik orasida so‘rovlar o‘tkazadi, fuqarolarning, jamoatchilikning fikr va takliflarini o‘rganish natijalari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga axborot kiritib boradi;
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritilgan qonun loyihasi yuzasidan ilmiy xulosa beradi, birinchi o‘qishda qabul qilingan qonun loyihalari bo‘yicha muhokamalarni, ularning tartibga solish ta’siri va qabul qilingan qonunlarning amaldagi ta’sirini baholashni, shu jumladan, xalqaro tashkilotlar, xorijiy mutaxassis va olimlarni jalb etgan holda amalga oshiradi;
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘mitalari, komissiyalarining, deputatlar va senatorlarning qonun loyihalari va qonunlar yuzasidan buyurtmalari bo‘yicha qonunchilikning, huquqni qo‘llashning dolzarb masalalari va xorijiy tajriba bo‘yicha ilmiy, axborot-tahliliy materiallarni tayyorlaydi, qonun loyihalarini ishlab chiqishda ularga ko‘maklashadi;
- deputatlar va senatorlarning professionallik darajasini oshirishga qaratilgan seminarlar va “davra suhbatlari”ni, shuningdek qonunchilik, huquqni qo‘llash amaliyotining dolzarb muammolariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyalar va boshqa tadbirlarni tashkil etadi, shunday tadbirlarda, shu jumladan, xorijiy mamlakatlarda tashkil etiladigan tadbirlarda ishtirok etadi;
- qonunlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlashini ta’minlash, qonunchilikni tizimlashtirish va kodifikasiyalash bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
- huquq, siyosat, iqtisodiyot va boshqa sohalarda fundamental, amaliy va innovasion, shu jumladan, qonunchilikni, uning tarmoqlari va institutlarini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazadi, ilg‘or xalqaro tajribani hisobga olgan holda qonunchilikni rivojlantirishning ilmiy konsepsiyalarini ishlab chiqadi;
- ilmiy-amaliy tadqiqot materiallari, milliy va xorijiy qonunchilikning qiyosiy tahlili asosida qonun hujjatlarining sharhlarini, shuningdek mavzuli sharhlarni tayyorlaydi va nashr etadi;
- Institut vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar, shu jumladan, mamlakatdagi ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari faoliyatining joriy va istiqbolga mo‘ljallangan rejalarini tayyorlashda ishtirok etadi;
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari faoliyatining samaradorligini oshirishga qaratilgan ilg‘or ilmiy-texnikaviy vositalar va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini, ishlarni tashkil etishning zamonaviy shakllari va usullarini joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga xorijiy mamlakatlar bilan o‘zaro munosabatlarni rivojlantirishda parlamentning rolini yanada kuchaytirish maqsadida parlament diplomatiyasi konsepsiyasini ishlab chiqish uchun zarur bo‘ladigan axborot-tahliliy materiallarni tayyorlaydi;
- Parlamentlararo Ittifoq, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Parlament assambleyasi, MDH Parlamentlararo Assambleyasi bilan o‘zaro hamkorlikning aniq va uzoq muddatli “yo‘l xarita”larini ishlab chiqishda ko‘maklashadi;
- xorijiy davlatlarning parlamentlari bilan o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy ravishda tadqiqotlar olib boradi;
- qonunchilik, huquqni qo‘llash muammolarini va xorijiy tajribani o‘rganish natijalari bo‘yicha tayyorlangan ilmiy, axborot-tahliliy materiallarni, takliflarni hamda qonun hujjatlari loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining, ularning qo‘mita va komissiyalari ko‘rib chiqishi uchun kiritadi;
- BMT Barqaror rivojlanish maqsadlarini bajarish bo‘yicha tasdiqlangan indikatorlarga erishish ustidan Oliy Majlis Senati tomonidan olib boriladigan monitoring jarayonlarida ishtirok etadi, monitoring natijalari bo‘yicha axborot-tahliliy materiallarni tayyorlaydi;
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha samaradorlikning eng muhim ko‘rsatkichlariga (KPI) erishish yuzasidan axborot-tahliliy jihatdan ko‘maklashadi;
- xalqaro tashkilotlar, xorijiy ilmiy-tadqiqot va o‘quv markazlari, olimlar hamda mutaxassislar bilan ilmiy va amaliy aloqalarni o‘rnatadi hamda rivojlantiradi, ular bilan hamkorlik to‘g‘risida shartnomalar tuzadi;
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kelib tushgan qonun loyihalarining xalqaro shartnomalarga, O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalarga mosligini o‘rganib chiqishda ishtirok etadi.
Direktorlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2017-2019 — Hakimov Rahim Rasuljonovich
- 2020-hozirgi vaqtgacha — Otaxonov Foziljon Xaydarovich
Markaz, bo‘lim va sho‘balar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Yig‘ma axborot-tahlil bo‘limi
- Qonun loyihalari muhokamasini tashkil etish sho‘basi
- Axborot-resurs va AKT sho‘basi
- Davlat va jamiyat qurilishi sohasida tadqiqotlar bo‘limi
- Sud-huquq sohasida tadqiqotlar bo‘limi
- Iqtisodiyot va tadbirkorlik sohasida tadqiqotlar bo‘limi
- Parlamentarizm va parlamentlararo tashkilotlar tadqiqotlari bo‘limi
- Ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy siyosat sohasida tadqiqotlar bo‘limi
- Xalqaro huquq va qiyosiy qonunshunoslik sohasida tadqiqotlar bo‘limi
- Ilmiy hamkorlik va xalqaro aloqalar sho‘basi
- Umumiy bo‘lim
- Moliya va hisob bo‘limi
- Tahririyat-nashriyot bo‘limi
- Parlamentarizmni rivojlantirish bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti o‘quv markazi [1]
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
- Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatorlari roʻyxati (2020-2025)
- Oʻzbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining IV chaqirigʻi
- Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatlari roʻyxati (2020-2025)
- Oʻzbekistondagi davlat ilmiy-tadqiqot ekspert muassasalari
- Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]