Kontent qismiga oʻtish

Oʻz „Ferrari“sini sotgan rohib

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻz „Ferrari“sini sotgan rohib
Asl nomi The Monk Who Sold His Ferrari
Muallif(lar) Robin Sharma
Mamlakat Kanada
Nashr etilgan sanasi 1999-yil
Nashriyot HarperCollins
ISBN 978-0062515674
198-bet

Oʻz „Ferrari“sini sotgan rohib (inglizcha: The Monk Who Sold His Ferrari) – yozuvchi va motivatsion maʼruzachi va yozuvchi Robin Sharma tomonidan yozilgan kitob. Kitob Sharmaning 25 yoshida, sud ishlari boʻyicha advokatlik faoliyatini tark etganidan soʻng shaxsiy tajribasidan kelib chiqib yozilgan biznes ertagi.

Oʻz „Ferrari“sini sotgan rohib kitobi HarperCollins tomonidan 1999-yilda bosib chiqara boshlangan va 2013-yilga kelib sotilgan kitoblar soni 3 milliondan oshdi[1]. Kitob ikki qahramon Julian Mantle va uning eng yaqin doʻsti Johnlarning suhbati shaklida boʻladi. Julian oʻzining villasini va qizil Ferrarisini sotganidan keyin Himolayga sayohati chogʻida oʻzining ruhiy kechinmalarini aytib beradi.

  1. Sharma, Robin S.. The Monk Who Sold His Ferrari : A Fable About Fulfilling Your Dreams And Reaching Your Destiny. Mumbai, Agartha road, India: Jaico Pub. House, 2006 — 1-bet. ISBN 9788179921623.