Kontent qismiga oʻtish

Oʻtloqi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻtloqi - BOTQOQI TUPROQLAR — grunt suvlar chuq. 1 m gacha boʻlgan sharoitda rivojlanadigan tuproq tipi. Oʻtloqit. yaxshi strukturali, chirindiga boy chim qatlamli oʻtloqi tuproqlar hamda botqoqi tuproqlar gleylanish belgilariga ega. Oʻtloqit. boʻz tuproq va choʻl zonasidagi daryo quyi terrasalari hamda delta qismi allyuvial yotqiziqlari ustida shakllanadi. Prolyuvial yotqiziqlardagi oʻtloqi tuproqlarning ayrim pastqamliklarini egallagan. Sugʻorma dehqonchilik zonalaridagi Oʻtloqi t. qisman oʻzlashtirilib sholi, quritilganidan keyin esa boshqa ekinlar ekiladi. Oʻtloqi t.ning juda namligi, chirindiga boyligi tufayli ekinlar gʻovlab ketadi, natijada hosil yetilishi kechikadi. Oʻtloqi t. unumdorligini oshirish uchun ularni quritish, haydalma qatlam chuqurligini gleyli qatlam hisobiga asta-sekin oshirish, sifatli ishlov berish lozim. Shoʻrlangan Oʻtloqit.nI katta normada yuvish talab qilinadi (qarang Yer shoʻrini yuvish).