Oʻta galaktika
Oʻta galaktika, galaktikalar oʻta sistemasi — galaktikalarning ulkan (gigant) toʻplami. Bir necha oʻnlab guruhlarni va bir necha yuz yoki minglab toʻdalarni tashkil etadi. Galaktika guruhlar va toʻdalar, oʻz navbatida, oʻta toʻda yoki Oʻ.g. hosil qilishi mumkin. Oʻ.g. osmon gumbazining galaktik ekvatorni deyarli toʻgʻri burchak ostida kesuvchi katta doirasi oldida yorqin galaktikalar toʻplanishi hodisasidan kuzatiladi. Bu doira atrofida osmon sirtining 10% ini tashkil qiluvchi 12° qalinlikdagi sohada 12yulduz kattaligidan yorqin boʻlgan barcha galaktikalarning taxminan 2/3 qismi joylashadi. Zaifroq galaktikalarga oʻtgan sari ularning doira oldidagi toʻplanishi susayadi. Toʻplam (konsentratsiya) doirasi orqali oʻtuvchi tekislikni oʻta sistemaning simmetriya tekisligi deyish mumkin.
Bizning Galaktika ham Oʻ.g.lardan biridir. Uning markazi Sunbula yulduzlar turkumida boʻlib, diametri = 30 — 40 megaparsek (qarang Parsek). Bu Oʻ.g. sohasi galaktika zichligi katta boʻlgan "simmetriya" tekisligiga ega (xuddi Somon yoʻ/shdek). Mahalliy galaktikalar guruhi bizning Galaktika bilan birgalikda Oʻ.g.ning chetki qismida joylashgan (yana qarang Galaktika, Galaktikalar).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |