Oʻt yoʻli
Oʻt yoʻli | |
---|---|
lotincha: ductus biliaris | |
Sistema | Hazm qilish |
Arteriya | Jigar arteriyasi (arteria hepatica) |
Vena | Jigar darvoza venasi (vena porta) |
Innervatsiya | Jigar quyosh chigali, adashgan nerv tarmoqlari, o'ng diafragma nervi tarmoqlari |
Kataloglar | |
| |
Oʻt yoʻli |
Oʻt yoʻli (ductus choledochus) – jigarda ishlab chiqarilgan oʻt suyuqligini tegishli aʼzolarga tashilishini taʼminlaydigan naysimon tuzilma. Jigardagi oʻng va chap oʻt yoʻllari qoʻshilib, umumiy jigar oʻt yoʻli, undan chiqqach umumiy oʻt yoʻli (ductus choledochus) ni hosil qiladi[1]. U pastga yoʻnalgan holda oʻn ikki barmoq ichakning tushuvchi qismiga ochiladi va shu yerdan oʻt suyuqligi hazm aʼzolariga quyiladi. Oʻt (safro) ovqatning hazm boʻlishi uchun zarurdir, asosan yogʻlarni emulsiya holiga keltiradi.
Tuzilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Umumiy oʻt yoʻlining yuqorigi qismi jigar umumiy oʻt yoʻli bilan, pastki qismi oshqozon osti bezi nayi bilan qoʻshilib, umumiy nay shaklida bogʻlangan. Pastki qismi oʻn ikki barmoqli ichakning katta soʻrgʻichiga ochiladi. Oʻt yoʻli devori shilliq, mushaklar va adventitsial qavatlardadan iborat boʻlib, mushak qavati uzun va aylana yoʻnalgan muskul tutamlaridan tashkil topgan. Mushaklar oʻt yoʻllarining boshlanish va tugash joylarida maxsus sfinkter hosil qiladi va ularning qisqarishi orqali oʻtning ichaklarga kirishi boshqarilib turiladi[2].
Segmentlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Safro daraxti – jigarda shoxlanganadigan oʻt yoʻllarining tizimli tarmogʻi.
Oʻt yoʻlining shoxlanishi quyidagicha:
Oʻt naylari (jigarda) → Hering kanallari → lobulyar oʻt yoʻllari → jigar ichidagi oʻt yoʻllari → chap va oʻng jigar yoʻllari → umumiy jigar yoʻli → kista yoʻli (oʻt pufagida) → umumiy oʻt yoʻli → Vater ampulasi (oshqozon osti beʼzi nayi bilan birlashadi) → oʻn ikki barmoqli ichakka kirish yoʻli.
Klinik ahamiyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bloklanishi
Oʻt yoʻli toshlar, yot jismlar, tromblar, oʻsma hujayralari bilan toʻsilib qolishi natijasida oʻt suyuqligining ichakka quyilishi qiyinlashadi. Oʻtdagi faol billirubin moddasi qonga tarqalib ketadi. Buning natijasida hazm qilishda qiyinchiliklar, teri, shilliq qavatlar va koʻzda sargʻayish va terida qichishishlar kuzatiladi. Siydik rangi quyuqlashadi, axlat oqaradi. Bular qondagi billirubinning buyrak orqali siydikka filtrlanishidan kelib chiqadi.
Sariqlik
Sariqlik kelib chiqishi asosan, oshqozon osti bezi saratonidan keyin koʻproq kuzatiladi. Chunki oshqozon osti bezi yoʻli bilan oʻt yoʻlining qoʻshilgan qismida saraton kelib chiqishi yoki toshlar bilan toʻsilib qolishi oqibatida oʻt yoʻllarining berkilib qolishi, oʻtning ichakka emas qonga koʻp miqdorda soʻrilishiga olib keladi. Natijada qonda billirubin koʻpayib, teri va shilliq qavatlarda sargʻayish keltirib chiqaradi. Bu xolangiokarsinoma, oʻt-tosh kasalliklari oqibatida boʻlishi mumkin.
Drenajlash
Biliar drenaj yaʼni safro drenaji oʻt suyuqligi quyilishi qiyinlashganda rentgenolog tomonidan oʻrnatiladi. U naycha, kateter koʻrinishida boʻlib, jarrohlik yoʻli bilan teri ostidan jigarga kiritiladi. U orqali oʻt yoʻllariga yoʻnaltiriladi[3]. Drenaj asosan safro naʼmunalarini olish, diagnostik tekshiruv oʻtkazish, tibbiy suyuqliklar yuborish, monitoringda oʻt yoʻllari holatini tekshirish uchun foydalaniladi.
Jarohatlanishi
Xoletsistektomiya muolajalarida oʻt yoʻllari, koʻpincha umumiy oʻt yoʻli jarohatlanishi mumkin[4]. Jarohatlanish darajasi operatsiyani oʻzida bartaraf qilnishi mumkin boʻlgan yengil shakldan, chandiqlanishgacha boʻlgan ogʻir koʻrinishlarda boʻlishi mumkin. Keyinchalik jarohat oqibatida boshqa kasalliklar, oʻt yoʻllari oʻsmalari paydo boʻlishi mumkin. Ular operatsiyadan keyin rentgenologik tekshirish (operativ xolangiografiya) yordamida tekshirib boriladi[5].
Galeriya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
O't tizimining 3D tasviri
-
Cho'chqa jigarining portal vena kanali bo'ylama kesmasi
-
Laparoskopik xoletsistektomiya paytida o't yo'llarining rentgenogrammasi
-
O't yo'lining chuqurlashtirilgan tasviri, oldindan ko'rinishi
-
O'z-o'zidan kengayadigan endoprotez
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ahmedov, A. Anatomiya I jild. Toshkent: "IJOD-PRINT" — 430-bet.
- ↑ Zufarov K. A. Gistologiya: O'quv yurt bosh boshqarmasi tibbiyot oliy bilimgohlari talabalari uchun darslik.. IBN SINO NOMIDAGI NASHRIYOT 1991 — 424-bet.
- ↑ may%20be%20curative%20or%20palliative. „Choledochojejunostomy - Bile | Bumrungrad“ (en). www.bumrungrad.com. Qaraldi: 2023-yil 10-dekabr.
- ↑ „Intraoperative cholangiography in cholecystectomy“ (en). www.sbu.se. Swedish Agency for Health Technology Assessment and Assessment of Social Services (SBU) (2018-yil 17-avgust). Qaraldi: 2019-yil 2-sentyabr.
- ↑ „Intraoperative cholangiography in cholecystectomy“ (en). www.sbu.se. Swedish Agency for Health Technology Assessment and Assessment of Social Services (SBU) (2018-yil 17-avgust). Qaraldi: 2019-yil 2-sentyabr.
Tashqi linklar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Wikimedia Commonsda Oʻt yoʻli mavzusiga oid fayllar bor. |