Kontent qismiga oʻtish

Fitogormonlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Oʻstiruvch imoddalardan yoʻnaltirildi)

Fitogormonlar (fito... va gormonlar), oʻstiruvch i moddalar — oʻsimliklarda qosil boʻlib, ularning oʻsishi va meva hosil qilish jarayonlarini boshqarishda ishtirok etadigan yuqori fiziologik faol moddalar. Oʻsimliklar hayvonlar kabi gormon ishlab chikaradigan maxsus sekretor organlariga ega emas. Fitogormonlarga, odatda, auksinlar, gibberellinlar, sitokinin (kinin)lar, fenoksiatsetat kislota hosilalari va boshqa kiradi.Fitogormonlar 3 ta umumiy xossaga ega: 1) oʻsimlik organlaridan biri (yosh barglar, kurtaklar, ildiz va novda uchlari)da sintezlanadi va boshqa joylarga tashilib, bu yerda usish va ontogenez jarayonlarini kuchaytiradi; 2) usimliklarda juda oz miqdorda sintezlanadi va ularning usimlik hayotidagi ishtiroki deyarli sezilmaydi; 3) boshqa metabolitlar (jumladan, vitaminlar)dan farkli ravishda oʻsimliklarda organlar shakllanishi jarayonini tezlashtiradi. Masalan, gibberellinlar poya va mevaning oʻsishini, auksinlar ildiz oʻsishini, kininlar hujayraning boʻlinish jarayonini kuchaytiradi. Oʻsish jarayonlarini sustlashtiradigan tabiiy oʻsish ingibitorlari (mas, abssiz kislota, etilen) alohida guruxlarni tashkil etadi (yana qarang Oʻsishni boshqaruvchi moddalar).

Abdukarim Zikiryoyev.