Oʻsh voqeasi
- Bu maqola 1990-yil sodir boʻlgan milliy nizo haqida. 2010-yilgi qirgʻin uchun Qirgʻiziston janubidagi tartibsizliklar maqolasiga qarang.
Oʻsh voqeasi — 1990-yil Qirgʻizistonning janubida qirgʻizlar va oʻzbeklar orasida boʻlib oʻtgan milliy nizo. Oʻsh shahrida 1990-yil iyun oyida asosan oʻzbeklar yashagan kolxozning qirgʻiz millati vakillariga boʻlib berilishi natijasida chiqqan nizo qonli toʻqnashuvlarga aylanib ketgan. Shahar atrofida joylashgan qishloqlardan qirgʻiz millatiga mansub kishilar kelgunicha oʻzbeklarning qoʻli baland kelgan. Shaharda favqulodda vaziyat va komendant soati eʼlon qilingan va Oʻzbekiston SSR bilan Qirʻgiziston SSR oʻrtasidagi chegara yopilgan. Sovet hukumati voqea yuz bergan joyga 2000 sovet harbiylarini kirgizadi. Avgust oyigacha vaziyat tinchimaydi. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra Oʻsh qirgʻinida 300 dan oshiq[1][2] yoki 600 dan ziyod[3] kishi halok boʻlgan. Norasmiy manbalarga koʻra 1000 dan oshiq kishi halok boʻlgan.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Nesitat, Anna. „Adolat qayerda? Janubiy Qirg'izitondagi millatlararo zo'ravonlik va uning oqibatlari (ingl.)“. Human Rights Watch (16-avgust 2010-yil). 2-aprel 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-oktabr 2012-yil.
- ↑ „Qir'giziston janubida 2010-yil iyunda bo'lib o'tgan voqealarni o'rganish bo'yicha Xalqaro Mustaqil Tekshiruv Komissiyasining Hisoboti (ingl.)“. Xalqaro Mustaqil Tekshiruv Komissiyasi (KIC) (3-may 2011-yil). 10-iyul 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-oktabr 2012-yil.
- ↑ „Qirg'izitondagi qirgʻin (ingl.)“. Xalqaro Inqiroz Guruhi 1 (23-avgust, 2010-yil). 3-aprel 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-oktabr, 2012. (Wayback Machine saytida 3-aprel 2012-yil sanasida arxivlangan)
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1990-yilgi Oʻsh qirgʻini, Kommersant gazetasi (rus.)
- 1990-yilgi Oʻsh qirgʻini. Fojeaning xronologiyasi, Fargʻona axborot agentligi (rus.)
- „Sovetlar millatlararo nizoga aralashdi“, The New York Timesda 1990-yil 11-iyunda chop etilgan maqola (ingl.)
- „Sovetlar Oʻrta Osiyoda joylashgan Oʻsh shahrida yangi milliy nizolar sodir boʻlgani haqida xabar berdi“, The New York Timesda 1990-yil 18-iyulda chop etilgan maqola (ingl.)