Oʻrgatilgan ayiq
Koʻpincha raqsga tushadigan ayiq deb ataladigan erkak ayiq bolasi yoshligida qoʻlga tushgan yoki asirlikda tugʻilib oʻsgan va koʻchalarda yoki tavernalarda odamlarni koʻngil ochish uchun foydalaniladigan yovvoyi ayiqdir. Oʻrta asrlardan XIX asrgacha butun Yevropa va Osiyoda raqsga tushadigan ayiqlarni uchratish odatiy hol boʻlgan va ularni XXI asrda ham baʼzi mamlakatlarda uchratish mumkin.
Raqsga tushayotgan ayiqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qadimgi Rimda ayiqlar va maymunlarni raqsga tushishga oʻrgatilgan va omma eʼtibori uchun turli nayranglar va harakatlarni namoyish etishgan[1]. Asrlar davomida raqsga tushadigan ayiqlarni uchratish Hindiston yarim orolida odatiy hol edi. Oʻrgatilgan va majburan raqsga tushilidagan ayiqlarning oxirgisi 2009-yilda ozod qilingan[2].
Rossiya va Sibirda bolalar asrlar davomida Odam Oleariusning sayohatlarida tasvirlanganidek, taverna musiqachilari (skomoroxi) bilan birga raqsga tushayotgan ayiqlar sifatida foydalanilgani uchun qoʻlga olingan[3]. Raqsga tushayotgan ayiqlar Oʻrta asrlardan XIX asrgacha butun Yevropada keng tarqalgan. Ular 2007-yilda [4] Sharqiy Yevropada va Ispaniya koʻchalarida koʻplab topilgan.
Soʻnggi paytlarda tashkilotlar va hayvonlar huquqlari faollari ayiqlarni oʻrgatish uchun qoʻllaniladigan notoʻgʻri munosabat va ular huqularini suiisteʼmol qilinganligini taʼkidlab, ayiqlarni qoʻlga oʻrgatish va majburan raqs tushishga oʻrgatish noqonuniy deb eʼlon qilinda va bunday faoliyat bilan shugʻullanuvchilar faoliyatiga nuqta qoʻyildi[5][6].
Fransuz ayiqlarini qoʻlga oʻrgatuvchilar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Raqsga tushuvchi ayiq bilan sayohat XIX asrning oxirida, 1870-1914-yillarda Fransiyada juda mashhur boʻlgaan. Fransiya Pireneyidagi Ariej shahridan 600 dan ortiq erkaklar oʻz uylari yaqinidagi togʻlardan topilgan ayiq bolalarini qoʻlga oʻrgatishdi. Ulardan 200 nafari Liverpul, Glazgo va Belfast portlaridan Nyu-York, Kvebek, Monreal va Galifaks portlariga eltib, Shimoliy Amerikaga sayohat qilgan[7]. Ular erta bahorda uylarini tark etib, Pireney togʻlaridan Fransiya va Angliya orqali piyoda yurib, may yoki iyun oylarida Shimoliy Amerikaga keltirilgan va yoʻlda ular bilan turli tomoshalar oʻtkazib kelingan.
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Adam Oleariusning sayohatlarida raqsga tushayotgan ayiq bilan tasvirlangan oʻymakorlik ishi, 1647-yil
-
Bogemiya ayigʻi, Tamer, 1888-yil
-
Pushkarda raqsga tushayotgan ayiq, Hindiston, 2003-yil
-
Fransiyada raqsga tushayotgan ayiq, 2007-yil
Ommaviy madaniyatda
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Mashhur bolalar televizion koʻrsatuvi Kapitan Kanguru „Raqsga tushgan ayiq“ nomi bilan mashhur boʻlgan qahramonni namoyish etdi.
- Tushuncha leksikaga umumiy maqol shaklida kirib kelgan; „Ajoyib narsa ayiqning yaxshi raqsga tushishida emas, balki ayiqning umuman raqsga tusha olishidadur“.
- Rendy Newmanning „Simon Smith and the Amazing dancing Bear (Saymon Smit va ajoyib raqsga tushayotgan ayiq)“ qoʻshigʻi oʻzining yuvvosh ayigʻi bilan yuqori jamiyatni xushnud qiladigan kamtar yigit haqida.
- Cormac McCarthyning 1985-yilda yozgan „Blood Meridian (Qonli meridian)“ romani oxirida raqs tushayotgan ayiq tasvirlangan va u salonda mast odam tomonidan otib tashlangan.
- The Simpsons epizodida „Marge on the Lam“ Gomer Simpson va Lenni Leonard ikkalasi ham baletni „kichik mashinadagi ayiq“ raqsi deb notoʻgʻri eslashadi.
- Rafi Zaborning „The bear comes home (Ayiq uyga qaytadi)“ romani jazz saksafonida chalishni o‘rgangan ayiq haqidagi fantastik hikoyadir.
- Joanna Newsomning „ Monkey & BEar (Maymun va ayiq)“ nomli qoʻshigʻi maymun tomonidan aldanib, bolalar uchun raqsga tusha boshlagan Ursala ismli ayiq haqida kuylangan
- Madagaskar 3 animatsion filmida velosiped haydashga o‘rgatilgan Sonya ismli ayiq tasvirlangan. Sonya filmdagi boshqa antropomorf hayvonlarga qaraganda ancha vaxshiyroq xarakterda tasvirlangan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Pelin Tünaydın. "Pawing through the History of Bear Dancing in Europe". Frühneuzeit-Info. http://www.bearconservation.org.uk/Pawing_through_the_History_of_Bear_Danci.pdf.
- ↑ „Last Indian dancing bear set free“. BBC News (2009-yil 18-dekabr). Qaraldi: 2017-yil 4-yanvar.
- ↑ Findeizen, Nikolai. History of Music in Russia from Antiquity to 1800, Vol. 1: From Antiquity to the Beginning of the Eighteenth Century. Indiana University Press, 2008 — 201-bet. ISBN 978-0-253-02637-8.
- ↑ Neale. „Dancing bears in Spain cause public outcry“. The Olive Press (2007-yil 16-oktyabr). Qaraldi: 2017-yil 4-yanvar.
- ↑ „Dancing bears“ (en-GB). Bear Conservation. Qaraldi: 2020-yil 9-noyabr.
- ↑ „Traveling Bear Shows: Abuse and Neglect On Tour“ (en-US). PETA (2017-yil 30-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 9-noyabr.
- ↑ Louise Pagé, The Man behind the Dancing Bear, amazon.ca, ISBN 9782981754516