Oʻpqon
Qiyofa
Oʻpqon — tuproq va tuproqosti gʻovak jinslaridagi yoriq va kavaklar. Yaqinida jar, soylik va boshqalar chuqurliklar boʻlgan joylarda hamda nishabligi katta yerlarda boʻladi. Oʻ. vujudga kelishiga koʻpincha yerqazir hayvonlar (kalamush, dala sichqoni, qoʻshoyoq va boshqalar) sabab boʻladi va u koʻproq lyoss va gʻovak jinsli yerlarda uchraydi. Oʻ. kanal va ariqlarning buzilishi va ekin yerlarining ishdan chiqishiga sabab boʻladi.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |