Oʻpka abssessi
Oʻpka abssessi — oʻpkadagi yiring boylagan joy. Nafas yoʻllariga yiring paydo qiluvchi mikroblar (stafilokokk, streptokokk, pnevmokokk va boshqalar) tushishi sabab boʻladi. Oʻpkaga anaerob mikroorganizmlar tushganida oʻpka toʻqimalari irib yemiriladi, oʻpka gangrenasi paydo boʻladi. Oʻpka abssessi va oʻpka gangrenasi, asosan, oʻpkaning krupoz yoki oʻchoqli yalligʻlanishi, shuningdek, nafas aʼzolarining surunkali kasalliklari, xususan, bronxoektazlarning asorati sifatida namoyon boʻladi. Nafas yoʻllariga yot jismlar tushishi, koʻkrak boʻshligʻi yoki oʻpkaning shikastlanishi ham Oʻpka abssessiga sabab boʻlishi mumkin. Oʻpka abssessi va oʻpka gangrenasiga koʻproq kamquvvat, zaifroq (mudom araq ichaverib ozibtoʻzib ketgan) kishilar chalinadi. Bemorni mutaxassis vrach davolaydi. Oʻpka yalligʻlanishini yaxshi naf beradigan vositalar yordamida asoratlarsiz tuzatib yuborish tufayli Oʻpka abssessi bir qadar kam uchraydi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |