Nyanxao
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Nyanxao (xitoycha) — Xitoyda yil hisobi shakllaridan biri, imperator xukmronligi "shiori". Miloddan avvalgi 141-yil oxiri —140-yil boshidajoriy qilingan. Milodiy 536-yil yil hisobining bu shakli Koreyada (koreyscha — nyonko), 644-yil — Vyetnamda (vyetnamcha — namxao), 645-yil — Yaponiyada (yaponcha — nengo) pay-do boʻlgan. N. baʼzan bir imperator xukmronligi davrida bir necha bor oʻzgargan, zero shiorning almashtirilishi saltanatni yanada baxtliroq qiladi deb hisoblangan. Xitoyda N.ning botbot oʻzgarib turishi qad. zamonlardan to 17-asrgacha davom etgan. Yaponiyada bir imperator davrida shiorlarning tez-tez oʻzga-rib turgani 13—15 va 19-asrlarda sodir boʻlgan. Xitoydagi Sin sulolasi davrida x.ar bir imperatorning bittadan shiori boʻlgan. N., odatda, ramziy maʼno kasb etgan, Mas, Min sulolasi imperatori Chjudi (Tay Szun) [1402/3— 24]ning N.si Yunle, yaʼni Abadiy quvonch deb atalgan, Yaponiyada Medzi (1868—1912-yillar) nengosi Maʼrifatli boshkaruvni anglatgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |