Nurota dostonchilik maktabi
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Nurota dostonchilik maktabi — Nurota tumanining shim.dan Qizilqum boʻylab Qiziltepa, Konimex tumanlarigacha boʻlgan hududlarda yetishib chiqqan baxshilarni birlashtirgan dostonchilar guruhi.
Qurbon baxshi, Ashur baxshi, Isirgap baxshi, Bekmurod Joʻraboy oʻgʻli, Saidmurod Panoh oʻgʻli, Qurbon Navruzov, Tursun Sherov, Maʼmur Ermatov, Fayzi Najmiddinov kabi oʻnlab ijodkorlar shu maktabga mansub boʻlib, Nurota, Navoiy, Tomdi, Konimex, Navbahor, Gʻijduvon, Shofirkon tumanlari aholisiga xizmat qilganlar. Bu maktabning soʻnggi talantli vakillari Saidmurod Panoh oʻgʻli va Bekmurod Joʻraboy oʻgʻlidan "Alpomish", "Odilxon", "Kuntugʻmish" ("Xolbeka"), "Goʻroʻgʻlining Qrimga borishi", "Avazxon", "Malikai ayyor" ("Gulshanbogʻ") kabi dostonlar yozib olingan va nashr etilgan. Bu baxshilar repertuarida boshqa hududlarda tarqalmagan "Sormonxon", "Ahmadxon", "Choʻpon qiz", "Macton kampir" kabi dostonlar ham boʻlgan. Ammo ular oʻz vaqtida yozib olinmagan. Bu baxshilar "Goʻroʻgʻli" turkumi dostonlarini 64 doston qilib kuylaganlar. Shuningdek, bu hu-dudlardagi qoraqal-poq va qozoq xalqlari orasida ham 20-asr boshlarigacha izchil dostonchilik anʼanalari davom etgan. Bu anʼanalarning Nurota dostonchilik maktabim. vakillariga taʼsiri sezilarli boʻlgan. Bu taʼsir repertuar tarkibini oʻzgartira olish darajasida boʻlmasada, koʻpgina motivlar talqini, ijro usullarida yaqqol koʻzga tashlanadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Odilxon, T., 1972; Alpomish [Bekmurod baxshi varianta], T., 1999;
- Avazxon, T., 1965; Gulshanbogʻ, T., 1966;
- Xolbeka, T., 1967.
- Mirzayev T., Xalq baxshilarining epik repertuari, T., 1979.
- Toʻra Mirzayev.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |