Nuriddin Xoliqnazarov
Nuriddin Xoliqnazarov | |
---|---|
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi | |
Mansab davri 2021-yil 19-oktyabr | |
Oʻtmishdoshi | Usmonxon Olimov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1968-yil Andijon viloyati |
Nuriddin Xoliqnazarov (tugʻ. 25-iyun 1968-yil, Asaka, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek din arbobi va ilohiyotshunosi, muftiy, 2021-yil 19-oktyabrdan Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nuriddin Xoliqnazarov 1968-yilda Asaka shahrida tugʻilgan. 1992-yilda Miri Arab madrasasini, 1998-yilda Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutini, 2007-yilda Fargʻona davlat universitetini tugatgan[1].
Faoliyati davomida Asaka shahridagi Ahmadali Maxdum masjidi imom-xatibi, Toshkentdagi Oq tepa masjidi imom-xatibi lavozimlarida ishlagan. Nuriddin Xoliqnazarov, shuningdek, Kukeldash madrasasida, Andijon viloyatida Sayid Muhyiddin Maxdumda oʻqituvchi, Andijon viloyati bosh imom-xatibi boʻlib ishlagan[2].
2019-yil avgust oyida Nuriddin Xoliqnazarov Toshkentning bosh imom-xatibi etib tayinlandi[3]. 2021-yil 19-oktyabrda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi ulamolar kengashining kengaytirilgan yigʻilishida Oʻzbekiston bosh muftiysi va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi etib saylandi[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Нуриддин Холикназаров избран муфтием Узбекистана, Рахматулло Сайфутдинов — главным-имам хатибом Ташкента“ (ru-UZ). Газета.uz (2021-yil 19-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 20-oktyabr.
- ↑ Новости Mail.ru. „В Узбекистане избран новый муфтий“ (ru-RU). Новости Mail.ru (2021-yil 19-oktyabr). 2021-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 20-oktyabr.
- ↑ Kun uz. „Назначен главный муфтий Узбекистана“ (ru). Kun.uz. Qaraldi: 2021-yil 20-oktyabr.
- ↑ muslim.uz. „МУФТИЙ САЙЛАНДИ“ (ru-ru). old.muslim.uz. Qaraldi: 2021-yil 20-oktyabr.