Nunavut
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Nunavut — Kanadadagi maʼmuriy qudud. Mamlakatning shim.-sharqiy qismi va atrofdagi orollarni oʻz ichiga oladi. Maydoni 2,0 mln.km². Maʼmuriy markazi — Ikaluit shahri Aholisi 28,1 ming kishi (2002).
N. 1999-yil 1-aprelda Shim.-Gʻarbiy hududlarning bir qismidan ajratib olingan yerlardan tashkil etilgan. N. maydoni Kanada hududining 25% ni tashkil qiladi. Hududning 85% axoliyey Arktikaning tub axrlisi — kana-dalik eskimoslar, yaʼni inuitlardan iborat. Ularning tilida "nunavut" — "bizning yer" degan maʼnoni anglatadi.
Foydali qazilma, shu jumladan, razvedka qilinmagan konlarga boy. Materik sayozligida neft va tabiiy gaz konlari, Baffin Yerida polimetall rudalar, mis-nikel va temir rudalari, nodir yer elementlari va hokazo bor. Biroq transport alokasi yaxshi yoʻlga qoʻyilmaganligi sababli ulardan toʻliq foydalanilmaydi. Xoʻjaligida yetakchi tarmoq — konchilik, quruklik va dengiz hayvonlarini ovlash; qisman baliq ham ovlanadi. Oziq-ovqat (xususan, konserva qilish) sanoati korxonalari mavjud. Hunarmandchilikda tosh oʻymakorligi, haykaltaroshlik, grafika rivojlangan, anʼanaviy es-dalik buyumlari tayyorlanadi. Turizm rivojlanganligi sababli aholining koʻp qismi xizmat koʻrsatish sohasida band. N.da 28 turar joy (qishloq) bor. Faqat Ikaluit (avvalgi Frobisher-Bey) shahar maqomiga ega.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |