Notiq Qosimov
Notiq Qosimov | |
---|---|
Asl ismi | ozarb. Natiq Səlim oğlu Qasımov |
Tavalludi |
2-yanvar 1971-yil Kichik Garamurod, Gadabay tumani, Ozarbayjon SSR, SSSR |
Vafoti |
1992-yil mart (21 yosh) Pirlar, Xo‘jali tumani, Ozarbayjon |
Fuqaroligi | SSSR Ozarbayjon |
Qoʻshin turlari | Ozarbayjon Armiyasi |
Unvoni | Askar |
Harbiy qism | Quruqlik qo‘shinlari |
Jang/urush | Birinchi Qorabog‘ urushi |
Mukofotlari |
Notiq Qosimov (1971-yil 2-yanvar, Kichik Garamurod, Gadabay tumani - 1992-yil mart, Pirlar, Xo‘jali tumani) — Birinchi Qorabogʻ jangchisi, bedarak yo‘qolgan, Ozarbayjon Milliy Qahramoni (2024)[1].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qosimov Notiq Salim o‘g‘li 1971-yil 2-yanvarda Gadabay tumani Kichik Garamurod qishlog‘ida tug‘ilgan. 1975-yili esa ular bir oila bo‘lib Mingechaurga ko‘chib ketishadi. Notiq shu yerda sakkiz yillik maktabni tamomlagach, kasb-hunar bilim yurtida payvandlash bo‘yicha tahsil oladi. 1991-yilda Rossiyaning Krasnoyarsk viloyatidagi ichki qoʻshin boʻlinmalarida harbiy xizmatni oʻtab, Ozarbayjonga qaytib keladi va ayni shu yili oʻz ixtiyori bilan frontga ketadi[2].
1992-yilda Xo‘jalining Pirlar qishlog‘idagi cherkovda asir olingan.[3]
2024-yil 25-iyun kuni vafotidan keyin unga “Ozarbayjon Milliy Qahramoni” unvoni berilgan[1].
Keyingi taqdiri
[tahrir | manbasini tahrirlash]2019-yilda Turkiyadagi Ozarbayjonlar tomonidan arman lobbisiga qarshi axborot kurashi maqsadida tashkil etilgan “ASASmedya” nashri Notiq Qosimovning omon qolgani va uning Armanistondagi kimyo zavodlaridan birida ishlaganligi haqidagi maʼlumotlarni eʼlon qildi. Shu bilan birga, Notiq Qosimov haqida xabar bergan kishiga 1000 dollar, uni Rossiya, Eron, Gruziya va Turkiyadan topshiradigan kishiga esa 10 000 dollar mukofot berilishiga vaʼda qildi.[2][3][4][5][6][7]
Asirga olingan va bedarak yo‘qolgan fuqarolar bo‘yicha Davlat Komissiyasi ma’lumotiga ko‘ra, armanlar tomonidan asirga va garovga olingani rad etilgan shaxslar ro‘yxatiga Notiq Qosimovning ismi ham kiritilgan. Davlat komissiyasining qayta-qayta qilayotgan murojaatlariga qaramay, armanlar tomoni Notiqning keyingi taqdirini Ozarbayjon va xalqaro tashkilotlardan yashirib kelmoqda.[8][9]
Buyuk Britaniyaning „Broken Pot Media“ kompaniyasi tomonidan „O‘g‘il“ nomli hujjatli film suratga olingan. Ushbu filmda Birinchi Qorabog‘ urushida qatnashgan „general“ Vitaliy Balasanyaning ham intervyusi ssenariyga kiritilgan. U mahbusning tanish ekanligini, lekin Notiq Qosimovni eslay olmayotganini aytgan:[10]
Men haqiqatan ham ismini eslay olmayman. Biroq, asirimiz sifatida ro‘yxatdan o‘tgan odamning keyinchalik yo‘qolib qolishi mumkin emas. Menda bunday ma’lumot yo‘qdir.
Vitaliy Balasanyan hujjatli film rejissyori bilan suhbat chog‘ida Notiq Qosimovni tanimasligini aytsa ham, ammo iste’fodagi polkovnik-leytenant Romik Mxitaryan esa Notiqni so‘roq qilgan yosh arman zobiti Vitaliy Balasanyan ekanligini aytdi. [11] Notiq Qosimov arman zobitlari tomonidan so‘roq qilinganida italiyalik urush fotografi Enriko Sarsini ham o‘sha yerda bo‘lgan. Filmda fotograf bilan suhbat ham o‘rin olgan. Film muallifining qayd etishicha, Notiqni so‘roq qilishda oliy davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan „general“ Vitaliy Balasanyan shaxsan o‘zi ishtirok etgan. 1992-yilda Balasanyan Askaronning bosib olinishini nazorat qilardi.[11]
Janglardagi ishtiroki
[tahrir | manbasini tahrirlash]U Ag‘damda Yoqub Rizayev boshchiligidagi „Qorabog‘ lochinlari“ bo‘linmasida armanlarga qarshi kurashgan, 1992-yil boshlarida esa uyiga qaytgan.
1992-yilda Xo‘jalining Xramort (hozirgi Pirlar) qishlog‘i yaqinida yetti Ozarbayjon askari alban cherkovi joylashgan tepalik uchun jang qilganlar. Jang paytida olti nafar safdoshi halok bo‘lgan Notiq o‘ta qulay strategik holatda joylashgan alban cherkovida jangini davom ettiradi. Yolg‘iz o‘zi 5 kun kecha-yu kunduz jang qilib, dushmanlarni bu postga yaqinlashtirmaydi.
Xo‘jalidan ko‘chirib yuborilgan til va adabiyot o‘qituvchisi Jafarov Jafarning shunday gaplar aytadi:[12][13]
Bizni, ya’ni xo‘jalilik bo‘lgan 22 nafar kishini qo‘lga olib, Askaronga olib kelishdi. U yerda bir necha kun turgandan keyin, bir kuni ertalab bizni qatorga qo‘yishdi. Arman ofitser menga yaqinlashib, “Seni Grigoriyan cherkoviga olib ketyapman, cherkov ichida jangchilar bor”,- dedi. Ular bizga qarshilik qiladilar. Sen cherkovga kirib, ularga taslim bo‘lishini aytasan. Agar ular taslim bo‘lmasa, biz sizni va Xo‘jalining 22 nafar tinch aholisini otib tashlaymiz. Agar ular taslim bo‘lishsa, biz sizni ozod qilamiz. Ular meni Grigoriyan cherkoviga olib borishdi. Ular cherkovda mashinani to‘xtatib, meni tushirib, cherkovga kirishimni buyurdilar. Cherkovga kirganimda u yerdan ovoz keldi. Men tezda ozarbayjonlik ekanligimni, agar u taslim bo‘lmasa, Xo‘jalining 22 nafar kishisini o‘ldirishlarini aytdim. U yolg‘iz qolganini, besh kundan beri och, suvsiz bir o‘zi kurashayotganini aytdi. Uning rangi hissiyotdan qop-qora bo‘ldi. Men unga armanlarning fikrini aytdim. U bir zum o‘ylanib qoldi. Keyin cherkov tepasidan Ozarbayjon bayrog‘ini olib tashladi. Uning ikkita o‘qi bor edi, ikkitasini ham havoga qarab otdi va cherkovni tark etdi. U Xo‘jalilarni o‘qqa tutishlariga rozi bo‘lmadi. Ozarbayjon bayrog‘ini ko‘ksiga bosdi va armanlarga hujumga o‘tdi.
Suratga olingan filmlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu film Ozarbayjon Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi ko‘magida suratga olingan. Film rejissyori va ssenariy muallifi Elchin Musao‘g‘li, operatori Rauf Qurbonaliyev, ijrochi prodyuseri Emil Ibrohimov, prodyuseri Mushfiq Hatamovdir. Hujjatli film Jafar Jabbarli nomidagi „Ozarbayjonfilm“ kinostudiyasida suratga olingan.[14][15]
Film 1992-yilda Tog‘li Qorabog‘ mojarosi vaqtida bedarak yo‘qolgan harbiy asir Notiq Qosimovni qidirish haqida hikoya qiladi. Filmning operatori Saymon Stenforddir. 2021-yilda suratga olingan 46 daqiqalik filmda faktni tiklash uchun ozarbayjonlik aktyorlarning ijrolaridan iborat rollaridan ham foydalanilgan. Filmning taqdimoti 28-fevral kuni Nizomiy Kino Markazida bo‘lib o‘tdi. Taqdimotda ijodiy jamoa bilan birga Notiq Qosimovning oilasi ham ishtirok etdi.[16] „Qafqazinfo“ xabariga koʻra, film Buyuk Britaniyaning „Broken Pot Media“ kompaniyasi tomonidan suratga olingan boʻlib, uning rejissyori va ssenariy muallifi Karan Singx uch yil mobaynida Armaniston, Ozarbayjon, Italiya, Buyuk Britaniya va Rossiyadagi guvohlar bilan suhbatlashgan.[17]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „N.S.Qasımova "Azərbaycanın Milli Qəhrəmanı" adının verilməsi haqqında Azərbaycan Respublikası Prezidentinin Sərəncamı“ ((ozar.)) (2024-yil 25-iyun). 2024-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 25-iyun.
- ↑ 2,0 2,1 „Əsir olduğu deyilən əsgərimiz sağdır: 10 min mükafat...“. 2020-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 8-noyabr.
- ↑ 3,0 3,1 „1992-də əsir götürüldüyü deyilən əfsanəvi əsgərimiz sağdır – Türkiyə onun üçün pul mükafatı təyin etdi“. 2019-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 8-noyabr.
- ↑ „Qarabağ döyüşünün Mixaylosu "ermənilərin fabrikində çalışır"“. 2019-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 8-noyabr.
- ↑ „1992-də əsir götürüldüyü deyilən əfsanəvi əsgərimiz sağdır: 10 min mükafat təyin edildi...“. 2019-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 8-noyabr.
- ↑ „Nofəl Qasımov: “Natiqin sağ olması xəbəri türk mətbuatında da yayılıb”“. 2022-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 8-noyabr.
- ↑ „Tapılması üçün 10 min dollar mükafat təyin edilən azərbaycanlı əsirin qardaşı DANIŞDI“. 2020-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 8-noyabr.
- ↑ „Bayrağı düşmənə verməyən oğul – Natiq Qasımov“. 2020-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 1-yanvar.
- ↑ „Qəhrəmanlar ölmürlər: "Qarabağ şahini" Natiq Qasımov“. 2017-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 1-yanvar.
- ↑ „Hamı bu filmdən danışır...“. qafqazinfo.az (4 oktyabr 2023). 2023-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9 oktyabr 2023.
- ↑ 11,0 11,1 „Hamı bu filmdən danışır...“. qafqazinfo.az (4 oktyabr 2023). 2023-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9 oktyabr 2023.
- ↑ „23 Xocalı sakinini xilas etmək üçün əsir düşən qəhrəman haqqında film“. kulis.az (24 fevral 2017). 2023-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9 oktyabr 2023.
- ↑ „Təkbaşına ermənilərə qarşı vuruşduqdan sonra xocalıları xilas etmək üçün təslim olmuş Natiq Qasımov – VİDEO“. Oxu.Az (30 sen 2023). 2023-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-oktyabr.
- ↑ „23 Xocalı sakinini xilas etmək üçün əsir düşən qəhrəman haqqında film“. kulis.az (24 fevral 2017). 2023-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9 oktyabr 2023.
- ↑ „24 fevral 2017“. sitat.news (natiq qasımov adlı sənədli film nümayiş olunmuşdur). Qaraldi: 9 oktyabr 2023.[sayt ishlamaydi]
- ↑ Şahpəri Abbasova. „Karan Sinqh azərbaycanlı hərbi əsir haqda film çəkib“. sputnik.az (23 fevral 2022). 2022-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9 oktyabr 2023.
- ↑ „Hamı bu filmdən danışır...“. qafqazinfo.az (4 oktyabr 2023). 2023-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9 oktyabr 2023.