Kontent qismiga oʻtish

Norqul Mamanov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Norqul Ziyotovich Mamanov (1947.20.2, Toyloq tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1999). Samarqand Davlat Universitetining oʻzbek va tojik filologiyasi fakultetini tugatgan (1973). 1966— 86 yillarda Samarqand viloyatining Toyloq tumanidagi 82maktabda, 1986-yildan 47maktabda ona tili va adabiyoti oʻqituvchisi. Mamanov darslarni oʻziga xos tarzda, yaʼni reyting, bozor, sayohat, seminar, musobaqa, sud usullarini tadbiq etgan holda olib boradi va koʻrgazmali qurollardan unumli foydalanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil