Nora Gjakova
Nora Gjakova | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | ayol |
Fuqaroligi | Kosovo |
Tavallud sanasi |
17-avgust 1992-yil Gjakova, Yugoslaviya |
Vazni | 57 kg gacha |
Sport | |
Qaysi sport | dzudo |
Sport mukofotlari | ||
---|---|---|
Yozgi Olimpiada oʻyinlari | ||
Oltin | Tokio 2020 | 57 kg |
Dzudo bo'yicha Jahon chempionati | ||
Bronza | Budapesht 2021 | 57 kg |
Yevropa oʻyinlari | ||
Bronza | Boku 2015 | 57 kg |
Kumush | Minsk 2019 | 57 kg |
Dzudo bo'yicha Yevropa chempionati | ||
Bronza | Qozon 2016 | 57 kg |
Bronza | Varshava 2017 | 57 kg |
Oltin | Tel-Aviv 2018 | 57 kg |
Bronza | Lissabon 2021 | 57 kg |
Nora Gjakova (tugʻ. 1992-yil 17-avgust, Gjakova, Yugoslaviya) — kosovolik dzudochi, 57 kg gacha vazn toifasida, Kosovo terma jamoasi aʼzosi. 2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari ishtirokchi va 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari chempioni, Yevropa chempioni, Yevropa oʻyinlari va Jahon chempionati gʻolibi.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1992-yil 17-mayda Nora Gjakova tugʻilgan. Akil Gjakovning ukasi kosovolik dzudochi, Yevropa chempioni.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yevropaning uch karra bronza medali sohibi (2015, 2016, 2017)[1]. 2016-yil 21-aprelda Qozon shahrida (Rossiya) oʻtkazilgan dzudo boʻyicha Yevropa chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritdi[2]. Oʻsha yili u Rio-de-Janeyrodagi (Braziliya) Yozgi Olimpiada oʻyinlarida u atigi 9-oʻrinni egalladi.
2018-yilda Tel-Avivda (Isroil) boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida 57 kg gacha boʻlgan vazn toifasidagi Nora Gjakova finalda germaniyalik dzudochi Theresa Stollni magʻlub etib, oltin medalni qoʻlga kiritdi[3].
2019-yilda Minskda (Belarus) boʻlib oʻtgan Yozgi Yevropa oʻyinlarida 57 kg gacha boʻlgan vazn toifasida u finalda rossiyalik sportchi Darya Mejetskayaga yutqazib, kumush medalni qoʻlga kiritdi[4].
2021-yilning aprel oyida Portugaliya poytaxti Lissabon shahrida boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida Nora soʻnggi jangida gruziyalik sportchi Eteri Liparteliani magʻlub etib, bronza medalini qoʻlga kiritdi. 2021-yil iyun oyida Vengriya poytaxti Budapesht shahrida boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida Nora Gjakova 57 kg gacha vazn toifasida uchinchi oʻrin uchun kurashda serbiyalik sportchi Marika Perishichni magʻlub etib, bronza medalini qoʻlga kiritdi[5].
2021-yilda Tokio shahrida (Yaponiya) boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida sportchi 57 kg gacha vazn toifasidagi final jangida fransiyalik Sarah-Léonie Cysiqueni magʻlub etib, oltin medalni qoʻlga kiritdi[6].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ https://www.judoinside.com/judoka/52299/Nora_Gjakova/judo-career
- ↑ „IJF live results“. 2018-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 5-iyun.
- ↑ https://www.eju.net/wp-content/uploads/2020/10/951181a1aec7b764e36f8f047a2e8276.pdf
- ↑ https://minsk2019.by/ru
- ↑ „Грузинский дзюдоист Лаша Шавдатуашвили стал чемпионом мира“ (ru). Спорт РИА Новости (8-iyun). 2021-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-iyun.
- ↑ https://www.olympedia.org/athletes/130985