Noqis
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Noqis (taxallusi; asl ism-sharifi Abdulqodir Muhammadshokir oʻgʻli) (1860 — Kattaqoʻrgʻon — 1929) — oʻzbek shoiri. Kattaqoʻrgʻon, Buxoro madrasalarida oʻqigan. 1895-yilda Kattaqoʻrgʻonga qaytib, madrasada mudarrislik qilgan, dehqonchilik bilan shugʻullangan. Saʼdiy, Jomiy, Navoiy, Fuzuliy va boshqalarga ergashgan, ular gʻazallariga muhammaslar bogʻlagan. Ayniqsa, Muqimiy ijodiga ehtirom bilan qaragan, tazmin muhammaslar yozgan ("Dogmen", "Kel ertaroq", "Nozaninim" va boshqalar).
1905-yildan N. ijodida ijtimoiy mazmun kuchaygan. Sheʼrlarida ijtimoiy adolatsizlikka, nodonlikka qarshi nafrat ifodalangan. Gʻazallari "Bayozi Mahdiy", "Armugʻoni Hislat", "Bayozi Miriy", "Bayozi Joʻrabek" va boshqa bayozlarga kiritilgan. N. qoʻlyozmalari — "Bayozi Noqis" Tojikiston Fanlar akademiyasi Sharq-shunoslik instituti (inv. №1005)da, "Devoni Noqis" Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshu-noslik instituti (inv. №97)da saqlanadi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida Buxoroda tuzilgan tazkiralarda N. ijodiga yuqori baho berilgan. Shoir "Layli va Majnun" syujeti asosida doston yozganligi haqida maʼlumot mavjud. Ammo u hali topilmagan. N.ning bayozlari va 6 ming misraga yaqin sheʼrlari saqdangan. Fa-zal va muhammaslari hofizlar tomonidan kuylab kelinadi ("Hajringda dardu gʻam bilan hasratda dogʻman..." va boshqalar).
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Orzibekov R., Abduqodir Noqis, XIX asr oʻzbek adabiyoti tarixiga doir materiallar, Samarqand, 1985.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |