Kontent qismiga oʻtish

Nodir Haydarov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xaydarov Nodir Qodirovich
Tavalludi 24-avgust 1987-yil (1987-08-24) (37 yosh)[manba kerak]
SSSR, OʻzSSR, Buxoro viloyati, Buxoro[manba kerak]
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Millati Oʻzbek
Sohasi nevrologiya, stomatologiya
Ish joylari Toshkent davlat stomatologiya instituti
Institutlar Buxoro davlat tibbiyot instituti

Xaydarov Nodir Qodirovich (aksariyat nufuzli manbalarda: Haydarov Nodir Qodirovich; 1987-yil 24-avgust, Buxoro, Buxoro viloyati, OʻzSSR, SSSR) — oʻzbek nevrologi, stomatologi, dotsenti va tibbiyot fanlari doktori[1]. Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputati (2019-yildan) va Toshkent davlat stomatologiya instituti rektori (2020-yildan)[2][3]. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi[4][5].

N. Q. Xaydarov 2003—2010-yillarda Buxoro davlat tibbiyot institutida tahsil olgan.

2018-yildan Toshkent davlat stomatologiya institutida „Nevrologiya“ kafedrasi mudiri, Bolalar stomatologiyasi fakulteti dekani lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2019—yilda xalq deputatlarining Toshkent shahar kengashi deputati etib saylangan

2020-yilda Toshkent davlat stomatologiya institutiga rektor lavozimiga tayinlangan[1][2][3].

2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi boʻlgan[4][5].

  1. 1,0 1,1 „Toshkent davlat stomatologiya institutining maʼmuriyati“. TSDI.uz. Qaraldi: 2022-yil 21-yanvar.
  2. 2,0 2,1 „Toshkent davlat stomatologiya institutiga rektor tayinlandi“. Kun.uz (2020-yil 26-avgust). Qaraldi: 2022-yil 21-yanvar.
  3. 3,0 3,1 „Toshkent davlat stomatologiya instituti rektori almashdi“. Xabar.uz (2020-yil 26-avgust). Qaraldi: 2022-yil 21-yanvar.
  4. 4,0 4,1 „Koronavirusning 5 darajasi: mutaxassis qaysi holatda qanday davo choralari koʻrilishi haqida maʼlumot berdi“. Kun.uz (2020-yil 14-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 21-yanvar.
  5. 5,0 5,1 „Koronavirus bemorlarini davolashda tavsiya etilgan dori vositalarini birvarakayiga qoʻllash mumkin emas – mutaxassis“. Kun.uz (2020-yil 21-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 21-yanvar.