Kontent qismiga oʻtish

Noʻxat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(No‘xatdan yoʻnaltirildi)

Noʻxat (Cicer) — dukkaklilar oilasiga mansub bir yillik oʻtsimon oʻsimlik turkumi, dukkakli don ekini. 30 dan ortiq, asosan, koʻp yillik turlari Yevrosiyo, Shimoliy va Sharqiy Afrikada uchraydi. Juda qadimdan bir yillik madaniy turi (C. arietinum) Hindiston, Italiya, Ukraina janubi, Zakavkazye, Qozogʻiston, Oʻrta Osiyo, Gretsiya, Bolgariya, Misr, Jazoir, Turkiya va Eronda ekiladi. Madaniy N.ning ildizi —oʻq ildiz (100—150 sm). Poyasi oʻtsimon, tik oʻsadi, dagʻal, qovurgʻali, sershox, tukli, balandligi 30—70 sm. Bargi murakkab, toq patsimon. Guli ikki jinsli, kapalaksimon, mayda. Rangi oq, sariq, sargʻish-yashil, och-pushti va koʻk. Mevasi — dukkak, dukagida I—2 ta, goho 3 ta don boʻladi. 1000 ta urugʻining vazni 220—300 g, gohida 600 g gacha boradi. Donining rangi oq, pushti, toʻq-sariq. N. gʻovak, qumoq, yengil shoʻrlangan tuprokli yerlarga ekiladi. Qora, boʻz, kashtan tuproqlarda moʻl hosil beradi. N. issiqsevar, yorugʻsevar, baxrri ekin. Boshqa dukkakli ekinlarga nisbatan qurgʻoqchilik va shoʻrga chidamli, urugʻi 2—5° haroratda unib chiqadi, past haroratda sekin oʻsadi. Maysasi bahorgi — 6°dan —8°gacha qorasovuklarga chidaydi. N. gullash va mevasi shakllanish davrida issiklikka talabchan. Namlik meʼyordan ortiq boʻlsa kasallanadi, shona va guli toʻkiladi. Oʻzidan changlanadi. Oʻsuv davri 70—190 kun. N. do-nidan yorma, ayniqsa, oʻzbek pazandachiligida har xil taomlar, qandolat mahsuloti tayyorlanadi, unidan non yopiladi (bugʻdoy uniga YU—20% qoʻshiladi), surrogat kofe ishlab chiqariladi. Doni tarkibida 19—33% oqsil, 4-7% moy, 0,2-4,0% kul, 48-61% azotsiz moddalar, 2—12% klechatka, vi-taminlar hamda aminokislotalar mav-jud. N. bugʻdoy va gʻoʻza uchun yaxshi oʻtmishdosh hisoblanadi. Bir mavsumda bir gektar yerda N. ildizlari 50–70 kg sof modda hisobida azot toʻplaydi.

N. Oʻzbekistonning lalmi yerlarida 6—8 s/ga, sugʻoriladigan yerlarda 2232 s/ga hosil beradi. N. keng qatorlab (qator orasi 45—60 sm) yoki yoppasiga qatorlab (qator orasi 15 sm), baʼzan sepma usulida ekiladi. Ekish usuliga va nav biologiyasi va morfologiyasiga qarab 150–200 kg/ga urugʻ sarflanadi. Oʻzbekistonda aksariyat lalmi yerlarda ekiladi. Sugʻoriladigan yerlarda qator orasi 1—2-marta kultivatsiya qilinadi. N. kam sugʻoriladi. Gullash davrida suvni kam meʼyorda berish yaxshi natija beradi, toʻliq pishganda bargi toʻkiladi, dukkagi deyarli chatnamaydi, hosili don kombaynlarida yigʻib olinadi.

Oʻzbekistonda Zimistoniy, Lazzat, Oʻzbekiston32, Yudduz navlari ekiladi.

Kasalliklari : askoxitoz va fuzarioz; zararkunandalari: N. donxoʻri, N. biti, N. tripsi.

Zulfiya Yoʻldosheva.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil