Kontent qismiga oʻtish

Nizomiddin ahmad hirotiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Nizomiddin Ahmad Hirotiy (1549—1594) – hind tarixchisi. Akbar davrida yuqori harbiy lavozimlarni egallagan, 1585-yil Gujarotda baxshi (armiyaning bosh intendanti), 1593-yildan davlat baxshisi. „Tabaqoti Akbariy“ nomli katta asar muallifi (1593-yil yozib tugatilgan), unda 30 ga yaqin turli manbalardan foydalanilgan. Asarda boburiy podshoh Akbar hukmronligi tarixi bilan bir qatorda Gʻazna, Gʻur, Dehli sultonlari, Bahmaniylar davlati, Gujarot sultonligi, Malva, Bengaliya, Sind, Kashmir va Hindistondagi boshqa musulmon davlatlari tarixi bayon etilgan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil