Kontent qismiga oʻtish

Nivea

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nivea (de[1][2], NIVEA) teri va tana parvarishiga ixtisoslashgan Germaniya brendi. U Gamburgdagi Beiersdorf Global AG kompaniyasiga tegishli boʻlib, kompaniya 1882-yil 28-martda Pol Karl Beyersdorf ( nemischa: Paul Carl Beiersdorf) tomonidan asos solingan. 1890-yilda kompaniya nemis tadbirkori va farmasevti Oskar Troplovits( nemischa:Oscar Troplowitz)ga sotilgan. Troplovitz Beiersdorfning hamkori Dr. Pol Gerson Unna ( nemischa: Dr Paul Gerson Unna) va nemis kimyogari Isaak Lifshyut ( nemischa:Isaac Lifschütz) bilan hamkorlikda terini parvarish qilish uchun yangi krem ​​ishlab chiqdi. 1900-yilda Lifshyuts birinchi barqaror yogʻdagi suv emulsiyasini – Euceritni yaratdi. Nivea (lotincha-niveus, nivea, niveum) sifatdoshidan kelib chiqqan boʻlib, „oppoq qor“ degan maʼnoni bildiradi"[3]. 1930-yillarda Beiersdorf konchilik moylari, soqol kremlari, shampun, yuzni tozalash vositasi va tonik kabi turli xil mahsulotlarni ishlab chiqargan. Ikkinchi jahon urushida Nivea savdo belgisi koʻplab mamlakatlarda taqiqlangan. Urushdan keyin Beiersdorf huquqlarni qaytarib oldi. 1980-yillarda Nivea brendi yanada kengroq dunyo bozoriga chiqdi.

  1. Kleiner, Stefan; Knöbl, Ralf; Mangold, Max. Das Aussprachewörterbuch, 7, Berlin: Duden, 2015 — 634-bet. ISBN 978-3-411-04067-4. 
  2. Krech, Eva-Maria; Stock, Eberhard; Hirshfeld, Ursula; Anders, Lutz Christian „NIVEA“, . Deutsches Aussprachewörterbuch. Berlin, New York: De Gruyter, 2010. ISBN 978-3-11-018202-6. Qaraldi: 2011-yil 16-iyun. 
  3. „Latin Word Niveus“. LatinWordList.com. 2010-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 16-aprel.