Nishiyama hayvonot bogʻi
Sabae shahrining Nishiyama hayvonot bogʻi | |
---|---|
Asos solingan | aprel 1985-yil |
Joylashuvi | 3-8-9, Sakura-machi, Sabae, Fukui, Japan (yaponcha: 福井県鯖江市桜町3丁目8番9号 ) |
Koordinatalar | 35°57′02″N 136°10′51″E / 35.9506°N 136.1809°E |
Hayvonlar soni | 58 (2018)[1] |
Hayvon turlari soni | 12 (2018)[1] |
Asosiy eksponatlar | Qizil pandalar, mayda primatlar, qushlar |
Veb-sayti | city.sabae.fukui.jp/nishiyama zoo |
Nishiyama hayvonot bogʻi |
Sabae shahrida joylashgan Nishiyama hayvonot bogʻi (yaponcha: 鯖江市西山動物園 Sabae-shi Nishiyama Dōbutsuen ) — Yaponiyaning Fukui prefekturasi, Sabae shahridagi kichik hayvonot bogʻlaridan biri hisoblanadi. Kirish bepul boʻlgan munitsipal hayvonot bogʻi past tepalikda (Nishiyama parki) joylashgan. Hayvonot bogʻi oʻzining qizil pandalari bilan mashhur, mazkur tur shaharning rasmiy hayvoni sifatida tan olingan[2]. Shuningdek, ushbu tur hukumat tomonidan muhofaza qilinadigan turlar sirasiga ham kiritilgan.
Qizil pandalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kichik oʻlchamiga qaramay, hayvonot bogʻi Yaponiyadagi qizil pandalarning eng asosiy maskanidir: 2018-yil holatiga koʻra bu yerda jami 11 ta panda istiqomat qilgan. Ular 1984-yilda Pekin hayvonot bog'i tomonidan sovgʻa qilingan juftlikning avlodlari hisoblanadi. Ilk juftlik Nishiyama hayvonot bogʻiga rasman ochilishidan bir yil oʻtgach olib kelingan (garchi bogʻda korpuslar allaqachon tayyor boʻlgan boʻlsa ham). Hayvonot bogʻidagi eng yosh pandalar ilk hadya sifatida keltirilgan pandalarning yettinchi avlodidir[3][4].
Pekin hayvonot bog‘i keyinchalik bu hayvonot bog‘iga qizil tojli turnalar (1985), Fransua langur (1987) va lar gibbonlarni (1991) sovg‘a qildi. Shuningdek, hayvonot bogʻida qora sinkap maymunlari, qirgʻovullar, yapon turnalar va tovuslar ham yashaydi.
Joylashuv
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hayvonot bogʻi Nishi-Sabae stantsiyasidan (janubda) va Nishiyama-Kōen stantsiyasidan (sharqda) taxminan 0.5 km uzoqlikda joylashgan. U ertalab soat 9 da ochiladi va dushanbadan tashqari deyarli har kuni soat 16:30 ga qadar faoliyat yuritadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „飼育動物数“ (ja). Zoo (2018-yil aprel).
- ↑ „Official website of Sabae“ (ja). — „鯖江市の動物レッサーパンダ [Sabae City's animal: The lesser panda]“.
- ↑ „Timeline of the Zoo“ (ja). — „昭和59年 (1984) 11月: 第1次動物交流 北京動物園よりレッサーパンダ2頭・キジ類が来園“.
- ↑ The zooʻs red pandas (yaponcha): current pandas, history, family tree.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rasmiy sayti (yaponcha)