Nirvana
Ushbu maqola buddaviy tushuncha haqidadir. Amerikalik rok-guruh uchun Nirvana (guruh) maqolasini qarang.
Nirvana (sanskritcha, aynan - soʻlish) — buddizm va jaynizmnmt asosiy tushunchasi. Inson intilishining oliy holatini, maqsadini ifodalaydi. Buddizmda N. — inson ichki dunyosining mukammalligi, orzu-istaklar, yashash hissi, qanoat, tarki dunyochilik kabi ruhiy holatlar. Buddizm taraqqiyoti jarayonida etik-psixologik N. tushunchasiga uni mutlaq degan tasavvur ham qushildi. Jaynizmda N. — materiya kishanidan, tugʻilish va oʻlishga hech qanday aloqasi boʻlmagan tashvishlaridan ozod jonning mukammal holati. [1]
Buddizm |
---|
Madaniyati |
Tarixi |
Buddistlar |
Maktablar |
Ibodatxonalar |
Matnlar |
Portal |
Nirvana (sanskrit निर्वाण, pali: nibbāna, "oʻchish", "toʻxtash") buddizmda azobdan qutulish holatini anglatuvchi tushunchadir. Boshqacha qilib aytganda, nirvana hech nimani sezmaslik holatidir; buddaviylikda bu holat "oliy baxt" deb koʻriladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |