Niredxaza
Niredxaza | |
---|---|
47°57′0″N 21°43′0″E / 47.95000°N 21.71667°E | |
Hukumat | |
• mer | Ferents Kovach |
Maydon | 274.46 km2 (105.97 kv mi) |
Telefon kodi |
(+36) 42 kenglik = |
|
Niredxaza ( veng.: Nyíregyháza, nemischa: Birkenkirchen , idishcha: נירעדהאז) — Vengriyaning shimoli-sharqidagi shahar, Sabolch-Satmar-Beregiyaning ma’muriy markazi. Aholisi – 118 164 nafar, (2014-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra)[1], Vengriyadagi yettinchi yirik shahar sanaladi.
Geografiya va transporti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shahar Budapeshtdan 270 kilometr shimoli-sharqda, Debresendan 50 kilometr shimolda, Mishkolsdan 70 kilometr sharqda joylashgan. Shahardan taxminan 50 kilometr shimoli-sharqda va janubi-sharqda Ukraina va Ruminiya chegaralari joylashgan. Avtomobil va temir yo‘llar shaharni Mishkols, Debresen va Chop (Ukraina) bilan bog‘laydi. Budapeshtdan poyezdda sayohat vaqti 3-4 soatni tashkil etadi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Niredxaza haqida birinchi yozma eslatma 1209-yilga to‘g‘ri keladi, o‘sha paytda ham Nir ( veng.: nyír - qayin) deb nomlanadi. 1236-yilda aholi punktida allaqachon cherkov mavjud edi, shu bois uning ikkinchi nomi ( veng.: egyház - cherkov) deb yuritiladi. XV asr o‘rtalarida aholi punkti 400 ga yaqin nafar kishini tashkil etgan. XVI asrda shahar turklar tomonidan vayron etilgach, aholisi qirib tashlangan, XVII o‘rtalarida aholi soni o‘sib borgan.
XVIII asrda shahar aholisi, asosan, slavan mustamlakachilarining kirib kelishi hisobiga sezilarli darajada o‘sdi. 1786-yilda Niredxaza 7,5 ming nafar aholisiga ega edi. XIX asr boshlarida shahar aholisi kiborli oilalarga bo‘ysunishdan xalos bo‘ldi. XIX asrda Niredxazada ko‘plab yangi binolar qad rostladi, shahar sanoatlashtirildi. 1858-yilda shaharda temir yo‘l qurildi.
Birinchi jahon urushi oxirida Niredxaza Ruminiya qo‘shinlari tomonidan bosib olindi. Urushdan keyingi shahar aholi punktlari Vengriya tomonidan saqlab qolingan. Ikkinchi jahon urushi paytida shahar binolarining bir qismi vayron etilgan va shahar yahudiylarinig deyarli yarmi virib tashlangan.
Diqqatga sazovor joylar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shahar chekkasida Shoshtodyodfyurdo ( veng.: Sóstógyógyfürdő) termal ko‘li mavjud bo‘lib, u ko‘pincha oddiygina Shoshto deb ataladi. Ko‘l muzlamaydi, suv harorati doim 26 ° C atrofida bo‘ladi.
An’anaga ko‘ra, Niredxazada katta yunon katolik diasporasi yashagan. Shaharda Sharq diniy san’ati muzeyi mavjud bo‘lib, unda ko‘plab yunon katolik ikonalari va XVII—XVIII-asrlarga oid samo jismlari aks ettrilgan.
Shahar, shuningdek, ko‘pgina musiqa festivallarini tashkil etish bilan mashhur.