Nikolay Zelenskiy
Nikolay Dmitriyevich Zelenskiy (1861.6.2 — 1953.31.7) — kimyogar. Akademik (1929), organik kataliz haqidagi taʼlimot asoschilaridan. Moskva universiteti professori (1893). Siklopentanli va siklogeksanli uglevodorodlarni sintez qilgan. Siklogeksan va uning gomologlarini platina va palladiy katalizatorlari ishtirokida degidrogenlash yoʻli bilan aromatik uglevodorodlar olgan, shu usul bilan benzin va kerosin fraksiyalaridagi siklogeksanli uglevodorodlar miqdorini aniqyaagan, shuningdek, neftdan aromatik uglevodorodlar olgan. Zelenskiy va uning shogirdlari shu sohadagi keyingi tadqiqotlarga asoslanib, siklopentanli uglevodorodlarning gidrogenoliz reaksiyasini kashf etishdi.
1918—19 yillarda Zelenskiy alyuminiy xlorid va alyuminiy bromid ishtirokida solyarmoyi moyi va neftdan kreking yoʻli bilan benzin olish usulini ishlab chiqib, sanoatga tatbik, etgan. G. Stadnikov bilan birga aldegidlar va ketonlardan aminokislotalar sintezlash usulini kashf etgan (bu usul 3elinskiy — Stadni kov reaksiyasi deb ataladi). Zelenskiy adsorbsiya va koʻmirli protivogaz yasash sohasida ish olib bordi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |