Nikolay Xanikov
Nikolay Vladimirovich Xanikov (1819.24.10, Kaluga gubernyasining Lixvinsk uyezdi – 1878.3.11, Parij yaqinidagi Rambulye) – maxsus topshiriq bilan Buxoro amirligiga yuborilgan rus geografi, sharqshunosi va diplomati. Sarskoye Selodagi litsey (1836)ni tugatib sharq tillari (asosan, arab va fors)ni mustaqil oʻrgangan. Perovskiy ekspeditsiyasi (1839-1840) tarkibida Xiva xonligiga qarshi uyushtirilgan harbiy bosqinda qatnashgan va xonlik haqida josuslik maʼlumotlarini toʻplagan. 1841-1942-yillarda josuslik niyatidagi Butenev missiyasi tarkibida Buxoro amirligida boʻlgan. Zakavkazye oʻlkasi Bosh boshqarmasining diplomatik kandelyariyasi xodimi (1845-1850). Rus geografiya jamiyati Kavkaz boʻlimi rahbari (1850-1854), Tabriz (Eron)da bosh konsul (1854-1857), Xurosonga uyushtirilgan ilmiy ekspeditsiya rahbari (1858-1859). 1860-yildan umrining oxirigacha Parij va uning atrofida yashagan. Xanikov Turkiston, Buxoro, Eron, Afgʻoniston, Kavkaz xalqlari tarixi, etnikasi, geografiyasiga oid koʻplab asarlar yozgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Opisaniye Buxarskogo xanstva, S. P.6., 1843.
Ld.:Xalfin N. A., Rassadina Ye. F., Xanikov – vostokoved i diplomat, M., 1977; Istoriya Uzbekistana v istochnikax i soobsheniyax puteshestvennikov i uchenix (20— 80e. godi XIX), T., 1990; Gʻaniyev I., Mustanov K., Turkiston va N. V. Xanikov, Buxoro, 1995.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |