Kontent qismiga oʻtish

Nikolay Seversov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nikolay Alekseyevich Seversov (1827.20.10, Voronej — 1885. 26.1) — rus zoologi, zoogeografi va sayyohi. Moskva universitetini tugatgan (1846). Oʻrta Osiyoga bir necha marta sayyohat kilib (18571879), Tyanshan va Pomir togʻlari hamda Qizilqum choʻlini tadqiq qilgan; ularning faunasi, geografiyasi va geologiyasini oʻrgangan; Pomir orografiyasi, oʻsimlik va hayvonot dunyosiga oid boy material yiqqan; Rossiya va Turkiston qushlarining tarqalishi va hayotiga oid tadqiqotlar olib borgan; qushlar kolleksiyasini toʻplagan. S. Palearktikani zoogeofafik rayonlashtirish prinsiplarini ishlab chiqqan. Oʻrta Osiyo togʻlaridagi choʻqqi va muzliklar uning nomiga qoʻyilgan. [1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil